Bayram o`tdi, o`zbek adibi G`afur G`ulom nomi ko`chaga uloqtirildi

25.10.2022 12:01

Xalq mulki bo`lgan istirohat bog`idan o`zbek adibi G`afur G`ulom nomi yulib tashlanib, endi u "Dream Park" deb ataladi.

Yilda bir marta, bir kungina eslanadigan “O`zbek tili” bayrami o`tdi. Endi istagancha, uni yana toptashimiz mumkin. 

  1. Ma`naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti
  2.  Ma`naviyat va ma`rifat markazi
  3.  Oliy Majlis Senati
  4.  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari
  5.  Toshkent shahar hokimligi…


Byudjet mablag`laridan moliyalashtirilayotgan yana qator tashkilotlar bu borada hozircha lom-mim degan emas. Davlat tili bo`yicha targ`ibot-tashviqot tadbirlarini o`tkazuvchi tashkilotlar ko`p-ku, ammo birortasi o`zining keskin pozisiyasini namoyon eta olayotgani yo`q. Orada necha yillik tarixiy nomni saqlab kelayotgan istirohat bog`ining nomi shunchaki supirib tashlanmoqda.

Kuni kecha katta-kichik anjumanlar o`tkazib, tilimizni ming maqomda maqtadik, she`rlar aytdik, amaldorlar maxsus buyruqlar berib adabiy kechalar, she`rxonligu va`zxonlik avjida bo`lgan tadbirlar o`tkazilishini ta`minladilar. Hozir esa, xalq tilida hamon «Mirzo Ulug`bek» deb ataluvchi, keyinchalik o`g`li amaldor bo`lgani uchunmi, nomi G`afur G`ulom sharafiga o`zgartirilgan bog` ajnabiy tildagi so`zlar bilan atala boshladi. Tadbirkor esa xorijda kompaniya ochgani bilan asli o`zbek.

Rost24.uz saytida qayta-qayta yoritilgan, salkam 4 yildan buyon ta`mirlanishda bo`lgan G`afur G`ulom bog`i va nihoyat qayta ochilishi xabar qilindi. Bog` endi "Dream Park" nomi ostida ish boshlaydi. Bu xabar bog` ochilishini uzoq kutgan aholini ham, senator va jurnalistlarni ham xursand qildi, bog`dagi xizmatlar ko`p yillik kutishlarni oqlaydi, degan umiddamiz.

Ma`lum qilinishicha, hozirda bog`ning test rejimida (yopiq holatda)gi faoliyati sinab ko`rilmoqda. O`rnatilgan uskunalar aholi xavfsizligi uchun qayta-qayta sinovlardan o`tkazilmoqda. Tozalash va tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.

Bog`ni qayta ochishga nihoyatda katta mablag` va kuch sarflangani ta`kidlanmoqda, hozircha bog`ga kirish ilgarigidek tekin bo`ladimi yoki «Tashkent siti»dagiga o`xshab har qadam pullik bo`ladimi, bu haqda xabar berilmagan. Davlat tiliga e`tibor qaratishga harakat qilinayotgan bir paytda bog`ning nomi uchun nega ajnabiy so`zlar tanlangani ham noma`lum, harqalay bunga sabab investorning «xorijiy» ekanligida bo`lsa kerak.

Shuningdek, attraksionlar ham to`liq xorijdan keltirilgani qayta qayta aytilmoqda, bu narxlar borasida biroz xavotir uyg`otsa ham, harqalay bog`ning ochilishi haqidagi xabar aholini xursand qilishi aniq.

Bog` haqidagi maqolalar:

ESLATIB O`TAMIZ: BOG` HALI OChILMAGAN! Faqat test rejimida ishlatib, suratlarini tarqatishdi. Biroq ko`rib turganingizdek, “Bog` ochildi”, degan xabar ham yolg`on bo`lib chiqayotganga o`xshaydi. Bu haqda yana saytimizda xabar e`lon qilamiz.    

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
03.11.2022 12:11
G'ururi yo'q millatdan ko'p narsa kytsa bo'ladi.
26.10.2022 17:39
Абдулла Қодирийнинг "Меҳробдан чаён" романидаги Худоёрхоннинг сўзлари эсимга тушди; "Энанг арапға текканғма"
25.10.2022 19:38
G`ofur g`ulom nomi olingani rost bo`sin, Abdulla Qodiriyni yo`q qilgan o`zbek xalqining dushmani ediku
25.10.2022 19:35
Bu tovuqmiya rahbarlar prezidentning "òģri bòl, -insofli bòl "deb aytgan gapidan andaza olib ish kòryapti shekilli, shu xòjasizlik, egasizlik davom etarkan 3-4 yilda AZIZ ÒZBEKISTONIMIZ ònglab bòlmas holatga tushib qolishi aniq Bir tomondan arabparastlik tarģib qilinmoqda,yurt taģdiri hech kimni qiziqtirmayapti, ozodlik,erkinlikning qadriga etaylik, OZODLIK yòlida tòkilgan bobolarimiz qonlari haqqi hurmati uchun.Iymoni but odamgina vatanini sevadi!!!