Saudiya Arabistoni sahroda milliardlab daraxt ekmoqda. Bizda esa kesilmoqda

17.02.2022 07:45

Saudiya Arabistoni ekologik faollari qum bo`ronlaridan himoyalanish va havo ifloslanishini kamaytirish uchun hamma joyda saksovul ekishni rejalashtirmoqda. 

Saksovul oylar davomida suvsiz yashay oladi, u yuqori haroratdan qo`rqmaydi, shuningdek, bo`ron paytida qumni ushlab turishga qodir. Qirollik yaqin o`n yilliklarda o`n milliard daraxt ekishni va kelajakda Yaqin Sharqda yana 40 milliard daraxt ekishni rejalashtiryapti.

Bizda bu holat qanday kechmoqda?

2021 yil noyabr oyida «Yashil makon» umummilliy loyihasi qabul qilingan va uning doirasida 200 million tup daraxt ko`chatlarini ekish rejalashtirilgan edi. Bu reja amalda bajarilmoqdami?

Respublika bo`yicha o`tgan yilning 23 dekabr holatiga ko`ra ushbu loyiha doirasida 82 million 273 ming dona ko`chat ekildi. Bu esa rejaga nisbatan 109,7 foizni tashkil etmoqda deya Ekolog.uz sayti ma`lumot bergan. Bu bir yillik raqamlar xolos. Undan avvalgi yillarda ham mana shunday millionlar ko`rsatilgan hisobotlar berilgan. Bu raqamlar faqat hujjat uchun bo`lmay, daraxtlarning parvarishiga ham e`tibor qaratilganda, hamma joy ko`kalamzorlashib ketgan bo`lar edi.

Prezident ham joylarda daraxt ekish borasidagi raqamlarga ishonmasligini ma`lum qilib o`tgan edi. Daraxt ekilayotganda qo`shib yozishlar ham bo`lmoqda.

Daraxt ekilsa muammo echiladimi?

Daraxt ekishdan oson ish yo`q. Uning parvarishiga, o`sib bo`lgandan keyingi kesilmasligiga ham kimdir javob berishi kerak.

O`tgan 8 oy ichida O`zbekistonda qariyb 6 mingga yaqin daraxt kesilganligini Ekologiya qo`mitasi vakillari saytimizga ochiqlagan edi. Bu sonlar qog`ozda shunday, amaldagi holatni esa biz kun ora noqonuniy daraxt kesilayotgan xabarlar orqali bilsak bo`ladi. Toshkent shahar Shayxontohur tumanida daraxtlarni nomigagina tiqib qo`yilganiyu, bayram uchun yillar mobaynida unib o`sgan va odamlarga foyda beradigan archalardan foydalanayotgan hokimliklar atrof muhitga munosabatini o`zgartirmas ekan, daraxtlarning «umri» bo`lmaydi.

Chet mamlakatlar daraxt ekish bilan bir qatorda, u daraxtlarni parvarishiga ham e`tibor qaratadi. Bizning hukumat vakillariga o`xshab rasmiyatchilik uchun chelak olib rasmga tushib ketmaydi!?

Ma`lumot o`rnida, odamga nafas olishi uchun kamida 7-8 ta daraxt kerak ekan. Bu zanjir uzildi degani, inson salomatligiga jiddiy zarar etadi degani. Daraxtlarni ko`zini «chirt yumib» kesib tashayotgan amaldorlar shu jarayonni his qilishayotganmikin?

Mavzuga oid maqolalar:

O`zbekiston ekologiyasi kam maosh, texnikasi va vakolati yo`q, abgor holatdagi qo`mita qo`lida qolmoqda

Ekologiya qo`mitasi noyob hayvonlarning oziqlanishiga yordam ko`rsatadimi?

Bo`stonliqda rossiyalik    ovchi tomonidan "Qizil kitob"ga kiritilgan qo`ng`ir ayiq otib o`ldirildi. Ovga Ekologiya qo`mitasi raisi ruxsatnoma bergan

Toshkentda “daraxtlar qolmaganda” Ekopatrul xizmati nimani himoya qiladi? 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар