“O`zbekgidroenergo” – barqaror energiya va xalqaro ishonch ramzi: Fitch Ratings kompaniya reytingini “BB” barqaror darajasida tasdiqladi

30.10.2025 18:01


O`zbekistonning barqaror energiya sohasidagi etakchi kompaniyasi – “O`zbekgidroenergo” AJ xalqaro Fitch Ratings agentligi tomonidan yana bir bor “BB” darajasidagi, “barqaror” prognozli kredit reytingi bilan tasdiqlandi.
Ushbu natija nafaqat kompaniyaning moliyaviy barqarorligini, balki O`zbekiston gidroenergetikasining yangi bosqichga chiqib borayotganini tasdiqlaydi.


Fitchning baholashiga ko`ra, “O`zbekgidroenergo” AJ so`nggi yillarda moliyaviy natijalar, tavakkalchiliklarni boshqarish va korporativ boshqaruv samaradorligi sohasida muhim yutuqlarga erishdi. Kompaniyaning mustaqil kredit darajasi investorlar uchun ishonchli muhit yaratilganligini anglatadi.


Kompaniya so`nggi yillarda to`liq o`z mablag`lari va davlat kafolatisiz to`g`ridan-to`g`ri kreditlar hisobidan moliyalashtirilayotgan yirik loyihalar portfelini amalga oshirmoqda. Fitch ta`kidlaganidek, “O`zbekgidroenergo”ning moliyaviy siyosati ehtiyotkorlik va uzoq muddatli barqarorlik tamoyillariga asoslanib, FFO leverage ko`rsatkichi 2-3x darajasida saqlanmoqda – bu esa, xalqaro andozalar bo`yicha mustahkam moliyaviy baza hisoblanadi.


Kompaniyaning 2030 yilgacha bo`lgan Rivojlanish strategiyasi doirasida 3,6 trln so`mlik yillik investisiya dasturi, mavjud GESlarni modernizasiya qilish va yangi gidroquvvatlarni qurish orqali mamlakatning yashil energiya salohiyatini oshirishga qaratilgan.


“O`zbekgidroenergo”ning Fitch tomonidan “BB” barqaror darajasida tasdiqlanishi – bu kompaniyaning moliyaviy samaradorligiga berilgan baho emas, balki O`zbekistondagi barqaror energiya inqilobining xalqaro darajada tan olinishidir. Bu natija mamlakatning energetik mustaqilligi, atrof-muhit muhofazasi va ESG tamoyillariga sodiq rivojlanish yo`lining amaliy isbotidir.


““O`zbekgidroenergo”ning barqaror reytingni saqlab qolishi – bu faqat natija emas, balki yangi maqsadlar uchun kuchli asos. Biz milliy energiya tizimini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishda davom etamiz,” – deb ta`kidlaydi kompaniya rahbariyati.
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар