O`zbekistonda o`tgan oyda rekord darajada elektromobillar sotildi

23.10.2025 16:05


O`zbekistonda 2025 yil sentyabrida 7,8 ming dona elektromobil sotildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko`ra, bu avgust oyiga nisbatan 21,6 foizga ko`p va rekord darajadagi ko`rsatkich hisoblanadi.

Joriy yilning 3-choragida sotilgan engil elektromobillar soni 20,7 ming donani tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 barobarga o`sgan. Eng yuqori o`sish Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida kuzatildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, sentyabr oyida engil avtomobillar savdosi 84,6 ming donani tashkil etib, avgust oyiga nisbatan 6,4 foizga kamaygan. Eng katta pasayish Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida qayd etildi. Shu bilan birga, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida savdo hajmlarining o`sishi kuzatildi.

Birlamchi avtomobil bozoridagi holat

Sentyabr oyida yangi engil avtomobillar segmentida faollikning mavsumiy tushishi kuzatilib, savdo hajmi 15,2 foizga kamayib, 31,9 ming donani tashkil etdi. Ushbu segmentda mahalliy ishlab chiqarilgan yangi engil avtomobillar ustuvorlikni saqlab qoldi — ularning sotuvi 27,4 ming donani tashkil etib, avvalgi oyga nisbatan 16,1 foizga kamaydi. 

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi 4,5 ming donani tashkil etib, avgust oyiga nisbatan 8,9 foizga kamaydi.

Ikkilamchi avtomobil bozori barqarorlikni saqlab qoldi

Sentyabr oyida ikkilamchi engil avtomobillar bozorida 52,6 ming dona mashina sotilgan bo`lib, bu o`tgan oyga nisbatan atigi 0,1 foizga kamdir.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар