O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Rost24.uz'ga bergan ma`lumotiga ko`ra, O`zbekistondagi mavjud qamoqxonalarda mahbuslar soni yildan yilga kamaymoqda.
Hozirda jazoni ijro etish muassasalarida 27 628 nafar mahkum jazo muddatini o`tamoqda.
Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarni oxirgi 10 yillik satistikasiga ko`ra, 2012 yilda 44 543 nafarni, 2013 yilda 42 333 nafarni, 2014 yilda 37 712 nafarni, 2015 yilda 39 206 nafarni, 2016 yilda 37 026 nafarni, 2017 yilda 36 152 nafarni, 2018 yilda 31 095 nafarni, 2019 yilda 26 577 nafarni, 2020 yilda 24 167 nafarni, 2021 yilda 23 667 nafarni tashkil etgan.
Jazo muddatini o`tayotgan mahkumlarni saqlash sharoitlari shaffofligini ta`minlash hamda qiynoq va jismoniy tazyiq o`tkazish bilan bog`liq salbiy holatlarning oldini olish maqsadida jazoni ijro etish muassasalari 4 495 dona zamonaviy videokuzatuv moslamalari bilan jihozlangan.
Shuningdek, tergov hibsxonalarida alohida tergov harakatlarini olib borish uchun xonalar tashkil etilib, ular 123 ta ovoz yozish imkoniyatiga ega zamonaviy videokuzatuv moslamalari bilan jihozlangan.
Bundan tashqari, barcha jazoni ijro etish koloniyalarida “Ombudsman”ga, “Prokuror”ga, “Ariza va shikoyatlar”ga mo`ljallangan alohida qutilar o`rnatilib, ushbu qutilar mutasaddi idora mas`ul xodimi tomonidan muhrlanib, ochilishi yo`lga qo`yilgan.
So`nggi yillarda jazoni ijro etish muassasalari xodimlari tomonidan mahkumlarga nisbatan tazyiq, ularning sha`ni va qadr-qimmatini kamsitish, jismoniy zo`ravonlik o`tkazish kabi holatlarga yo`l qo`yilmagan, deyiladi Ichki ishlar vazirligining rasmiy ma`lumotida.
Eslatib o`tamiz, saytimizda mazkur mavzuda doir materiallar ham e`lon qilingan:
1. Joriy yil O`zbekistondagi tergov hibsxonalarida qancha odam vafot etdi?
3. IIV vaziri o`rinbosari: "Tan olaman, bu voqea tizimning kechirilmas xatosi bo`ldi"
4. IIB tomonidan o`ldirilgan fuqarolar haqida ma`lumotlar nega ochiqlanmaydi?