O`zbekiston Prezidenti farmoni bilan Ichki ishlar organlari xodimlari kuni hamda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Mukofotlashga xodimlarning jamoat xavfsizligini ta`minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, shuningdek, xizmat burchini bajarishda ko`rsatgan jasorati va fidoyiligi asos bo`lgan.
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan:
Dilshod Mavlanovich Maxmadkulov — Sirdaryo viloyati Xovos tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika katta inspektori.
«Mardlik» ordeni bilan:
Timur Taxirovich Namazov — O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o`ta muhim ishlar bo`yicha tezkor vakili.
«Do`stlik» ordeni bilan:
Nodira Sherdankulovna Esamuratova — Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi o`ta muhim ishlar bo`yicha tezkor vakili;
Vladimir Gennadevich Xen — O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Raqamli infratuzilma va axborot xavfsizligi boshqarmasi boshlig`i.
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan:
Irina Malikovna Karimova — O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi «O`zbekiston» sanatoriysi kardiologiya bo`linmasi boshlig`i.
«Jasorat» medali bilan:
Bohodir Umarovich Ziyatov — Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni bo`linma komandiri;
Timur Yusupjanovich Kamilov — O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi departament boshlig`i o`rinbosari;
O`tkirbek Yaxshibaevich Mengnarov — Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi o`ta muhim ishlar bo`yicha tezkor vakili.
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan:
Xusniddin Eshnazarovich Boysariev — O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo`shinlari harbiy qism nazoratchisi;
Mansurbek Mamarasulovich Gaziev — Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig`i;
Bahor Rustamovna Djumanova — Toshkent viloyati Bekobod shahar ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov bo`limi katta tergovchisi;
Shuhrat Akmalovich Miliev — Toshkent shahar Yashnobod tumani bo`yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i;
Ozod Amanovich Mirzamdamov — Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo`l-patrul xizmati inspektori;
Habibulla Shukrullaevich Rahimov — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo`l-patrul xizmati katta inspektori;
Elmurod Xasanboevich Suleymonov — Namangan viloyati Chust tumani ichki ishlar bo`limi mahalla huquq-tartibot maskani profilaktika bosh inspektori;
Sharafatdin Nizamatdinovich Tolegenov — Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati bataloni patrul-post xizmati inspektori;
Ulug`bek Anvarovich Xalimov — Samarqand viloyati Pastdarg`om tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`i;
Nizom Rabbimovich Xubbimov — Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig`i;
Javlon Rahmatovich Shadmanov — Jizzax viloyati Mirzacho`l tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`i;
Sultonbek Sayidovich Ermatov — Farg`ona viloyati Quva tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika katta inspektori.
«Sog`lom turmush» medali bilan:
Saltanat Eshdavlatovna Allanazarova — Surxondaryo viloyati Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektori;
Dilnoza Shonazarovna Bog`bekova — Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markazi boshlig`i;
Luiza Ramazonovna Muxsinova — Buxoro tumani ichki ishlar bo`limi xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektori.
«Shuhrat» medali bilan:
Anvar Rahmatovich Axmedov — Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig`i;
Nilufar Shasaitovna Giyasova — O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig`i o`rinbosari;
Artur Userbaevich Daujanov — Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumani ichki ishlar bo`limi 3-son ichki ishlar bo`linmasi boshlig`i;
Elyor Tursunalievich Mamasoliev — Farg`ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ikkinchi mintaqaviy hudud bo`yicha patrul-post xizmati otryadi komandiri;
Baxtiyor Soatovich Normatov — Toshkent viloyati Zangiota tumani ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo`limi katta eksperti;
Oybek Urinovich Pardaev — Toshkent shahar Mirobod tumani bo`yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori;
Rustam Nishonxo`jaevich Raximxo`jaev — O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kafedra boshlig`i;
Zokirjon Toxirovich Toshtemirov — Andijon viloyati Buloqboshi tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika katta inspektori;
Sherbek Nuriddinovich Turdiev — Samarqand viloyati Narpay tumani ichki ishlar bo`limi mahalla huquq-tartibot maskani profilaktika bosh inspektori;
Sherzod Sheralievich Xaydarov — O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent shahar bo`yicha boshqarmasi boshlig`i;
Suyar Suvanqulovich Xudayqulov — Qashqadaryo viloyati Kitob tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika inspektori;
Qahramon Omanovich Ergashov — Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo`l-patrul xizmati inspektori.