Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida «Biznesni rivojlantirish banki» ATBning yangi bank xizmatlari markazi faoliyati yo`lga qo`yildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi markaz hudud aholisi va tadbirkorlik sub`ektlarining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, mijozlarga yanada qulay va tezkor xizmat ko`rsatish maqsadida tashkil etilgan.

Markazda jismoniy va yuridik shaxslarga bank xizmatlarining keng turlari taklif etiladi. Jumladan, mijozlar bank hisobvaraqlarini ochish va ularga xizmat ko`rsatish, milliy va xorijiy valyutada pul o`tkazmalari hamda to`lovlarni amalga oshirish, kredit va omonat xizmatlaridan foydalanish, bank kartalarini rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Shuningdek, masofaviy bank xizmatlari va raqamli to`lovlardan foydalanish, tadbirkorlik sub`ektlari uchun hisob-kitob va kassa xizmatlarini olish, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog`liq bank operasiyalarini amalga oshirish mumkin. Markazda mijozlarga moliyaviy masalalar bo`yicha maslahat va amaliy ko`mak ham ko`rsatiladi.

Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar
Yangi markaz, ayniqsa, Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun muhim ahamiyatga ega. Ular bank xizmatlari orqali biznes loyihalarini moliyalashtirish, mavjud faoliyatini kengaytirish va yangi tashabbuslarini amalga oshirish imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.

Markaz faoliyati hududda moliyaviy xizmatlar qamrovini kengaytirish, aholi va tadbirkorlarga qulay sharoit yaratish hamda bank xizmatlaridan foydalanish jarayonini soddalashtirishga qaratilgan.

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB hududlarda bank xizmatlari infratuzilmasini rivojlantirish, mijozlarga xizmat ko`rsatish sifatini oshirish va tadbirkorlik sub`ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlashni ustuvor yo`nalishlardan biri sifatida belgilagan. Termiz tumanida yangi markazning ishga tushirilishi ham ushbu yo`nalishdagi amaliy ishlardan biridir.