Mamlakatda so`ngi yillarda ekologik tanazzul ortsa ortdiki, ijobiy holat kuzatilmadi.
Daraxtlarning ayovsiz kesilishi, ko`kalamzorlarning cho`llanishi, daryo o`zanlari va qirg`oq bo`ylariga etkazilayotgan jiddiy zarar, ichimlik suvining yildan-yilga kamayish ehtimoli ortayotgani kabi ko`plab muammolarni yumshatishga Ekologiya qo`mitasi aniq chora-tadbirni hali ishlab chiqmagan.
Yurtimizning ayrim shaharlari, xususan, poytaxt Toshkent shahrining o`zi ham dunyoda havosi eng ifloslanadigan hududlar qatorida sanalmoqda. Ammo, odatiy tadbirbozlik va bir ikkita mayda ishlarni ko`rsatmaganda eklogiya mutasaddilari hozircha O`zbekiston tabiatini, fauna va florasini asrash yo`nalishida arzirli islohotlar qila olgani yo`q.
Bu holatlardan xulosa qilgan jamoatchilik faollari “O`zbekistonda ekologik vaziyat soat sayin ayanchli holatga kelayapti”, demoqda. “Ko`chaga chiqsang qum-chang bo`ronlar, havo ifloslangan, suv va erni sho`ralanishi... Bularning oqibatida insonlarda paydo bo`layotgan turli kasalliklar. Daraxtlar va “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni qirg`ini... Bu muammolarni o`ylab, bu ketishda O`zbekistonda yashashni ham, nafas olishni ham imkoni bo`lmay qolsa kerak”.
Biroq, shunday holatda ham Ekologiya qo`mitasi mutasaddilarining Kislovodsk kurortidagi O`zbekiston sanatoriyasida dam olishga ketayotgani haqidagi xabarlarning paydo bo`lishi o`zi ajablanarli.
Tarmoqlarda aytilishicha, Bosh vazir topshirig`iga asosan dam olish, davolanish va eng asosiysi bilim olish-malaka oshirish uchun eng bahavo Kavkaz tog`larida joylashgan Kislovodsk shahridagi “O`zbekiston” sihatgohiga ketishmoqda.
Yil davomida 11 nafar ekolog-chinovnik bor-yo`g`i 275 mln so`mga so`lim go`shada dam olib kelishadi. Kishi boshiga 25 mln. so`mdan tushadi.
Saytimizda mavzuga oid bir qancha materiallar e`lon qilingan:
— Ekologiya qo`mitasiga ko`ra, daraxt kesish 55 foizga qisqargan. Siz bunga ishonasizmi?
— «Mercedes», «Toyota 200», «E-bora” va «Volkswagen ID-6» — Ekoqo`mita raisi N.Oblomurodov xizmatida