Bundan oldin Rost24.uz sayti “Senat ham xalqni aldadi, bu xalq endi kimga ishonsin...” maqolasi e`lon qilingan edi.
Unda shuncha yillar, oylar o`tsa-da, hali hamon turli sabablar ro`kach qilinib, ochilmayotgan G`afur G`ulom bog`i haqida ma`lumotlar e`lon qilingan. Shundan so`ng OAV orqali mazkur istirohat bog`i yaqin vaqt ichida ochilmasligi yanada ayon bo`ldi.
Senat va Toshkent shahar hokimligi tomonidan bir necha marta va`da qilinib, hamon foydalanishga topshirilmay kelayotgan mazkur bog` balki oktyabrda yoki dekabrda foydalanishga topshirilishi mumkin ekan. Bu haqda bog` ma`muriyati Gazeta.uz muxbiriga xabar bermoqda.
Ma`muriyat bunga sabab sifatida Rossiya — Ukraina urushini ko`rsatgan. Fevral oyida bog`ning yozda ochilishini aytgan "BMP Smart Decision Management" ta`sischisi Otabek Mirzajonov o`rnatilishi rejalashtirilgan attrasionlarning 90 foizi olib kelinganini ma`lum qilgan edi. Ammo, Otabek Mirzajonovning so`nggi fikrlariga ko`ra, bog`ning ochilish sanasi hali ma`lum emas.
“Hozir xorijdan kelayotgan tovarlarimizni bojxona orqali qabul qilib olyapmiz. Bog`ni ochishga tayyorgarlik ko`ryapmiz. Lekin qachon ochilishini aniq ayta olmayman. Oktyabr oyida ochishni rejalashtirganmiz”, — degan u.
Kompaniya rahbari o`rinbosari Zafar Mirzaulug`ov esa bog`ning to`liq ochilishi dekabrda bo`ladi, degan fikrda. Unga ko`ra, bog` ochilishining kechikishi Ukraina va Rossiyadan kelishi kutilayotgan tovarlar bilan bog`liq.
U bog`ni sinov tariqasida ochish oktyabr oyiga rejalashtirilganini aytgan.
Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, bog` qachon ochilsa ham xalq kutaveradi, aniq va ma`lum sana yo`q. Dunyo davlatlarida yana biror baxtsiz hodisa yuz berib qolmasa bas.
Bog` haqidagi maqolalar: