Bosh vazirga jiddiy savol: Davlat byudjetini kemirayotgan ortiqcha lavozim va vazirliklardan qachon qutilamiz?

15.10.2022 19:03

2016 yildan buyon vazirlik va idoralar soni ikki baravarga oshgan (2016 yilda 48 ta, 2022 yil oktyabr holatiga 100 ga yaqin)

Hukumat 2016 yilga nisbatan davlat byudjetidan taxminan 4 baravar ortiq mablag` sarflanmoqda.

Shveysariyada 7 ta, Avstriya va Yaponiyada 13 ta, Germaniyada 14 ta, Xitoyda 21 vazirlik bor. O`zbekistonda esa 24 ta vazirlik…

***

Hozirda O`zbekistonda 25 vazirlik, ijro etuvchi hokimiyat tizimida 34 agentlik, 10 davlat qo`mitasi, 6 qo`mita, 15 inspeksiya, 6 markaz, 2 markaziy muassasalar faoliyat olib bormoqda.

Butun dunyoda boshqaruv funksiyasini imkon qadar soddalashtirish, umumlashtirish, optimallashtirishga e`tibor qaratilayotgan bir paytda bizda kundan kunga yangi rahbarlik lavozimlari, yangi-yangi amallar joriy etilmoqda, davlat hokimiyati organlarining tez-tez qayta tuzilib, boshqaruv tizimi murakkablashib kengayib bormoqda, bu esa shubhasiz korrupsiyaga, byurokratiyaga toboro kengroq yo`l ochadi.

Vaholanki, 2022—2026 yillarga mo`ljallangan, biz barcha davlat idoralari yozib qo`ygan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ijro hokimiyati, uning bo`linmalarini hamda tuzilmalarini ixchamlashtirish masalalari ilgari surilgan. Unda ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish ko`rsatilgan. Amalda esa, aks holatni ko`rmoqdamiz, go`yo kimgadir rahbarlik lavozimi etmay qolsa ham yangidan biror vazirlik, agentlik, tashkilot tuzilayotgandek.

Davlat organi – bu byurokratiya demakdir

Adliya vaziri R.Davletov fikriga ko`ra, “...bizda juda katta davlat apparati bor va unga ketadigan xarajatlar juda ko`p. Undan ko`ra buni iqtisodga yo`naltirish kerak. Chunki qancha davlat organi ko`p bo`lsa, iqtisodiyot rivojlanishi shuncha qiyin kechadi. Tadbirkorlarning ishlashi qiyin bo`ladi. Davlat organi degani - bu byurokratiya, degani. Bu qo`shimcha vakolat, qo`shimcha boshqaruv funksiyasi degani. Shuning uchun bunga barham berish, byurokratiya oqibatida paydo bo`layotgan korrupsiyani, negativ faktorlarni yo`qotish kerak”.

2016 yildan buyon vazirlik va idoralar soni ikki baravarga oshgan (2016 yilda 48 ta, 2022 yil oktyabr holatiga 100 ga yaqin), hozirda hukumat uchun 2016 yilga nisbatan davlat byudjetidan taxminan to`rt baravar ortiq mablag` sarflanmoqda.

Davlat rivojlanishi uchun vazirlik va idoralar sonini oshirish lozimmi?

Solishtirish uchun, Shveysariyada 7 vazirlik, Avstriya va Yaponiyada 13 vazirlik, Germaniyada 14 vazirlik, Xitoyda 21 vazirlik faoliyat ko`rsatadi, demak rivojlangan mamlakat bo`lish uchun vazirlik va idoralar sonini cheksiz darajaga etkazish shart emas, aksincha, ularni qisqartirib birlashtirish ko`plab muammolarning echimi bo`lishi mumkin, albatta aholi uchun.
Boshqaruv tizimini kengaytirish aholiga noqulaylik va davlat byudjetiga zarar keltiradi xolos. 

Ma`lumotlarga ko`ra, Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligiga qo`shib yuborilishi natijasida tizimda respublika darajasidagi rahbarlar soni ikki barobarga qisqargan, boshqaruv xodimlari soni 110 taga kamaydi, vazirlik tizimidagi boshqaruv tuzilmalari 666 tadan 222 taga, bir-birini takrorlovchi vazifalar 34 foizga, funksiyalar 46 foizga qisqartirildi.  Natijada 84,5 milliard so`m iqtisod qilingan.

Bu amaliyotni boshqa sohalarda ham qo`llash foydadan holi bo`lmaydi. Aytish mumkinki, ba`zi organlarning vazifalari aynan bir birini takrorlaydi, ulardan ikki uchta idora yasashning hojati yo`q. Masalan, ta`lim tizimini to`liq birlashtirish sohadagi korrupsiya va byurokratiyaga qisqarishiga, ulkan ijobiy o`zgarishlarga sabab bo`lishi mumkin. Hozirda ta`lim tizimida Maktabgacha ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyat ko`rsatmoqda, vaholanki ularni yagona vazirlikka birlashtirish har tomonlama aqlli qaror bo`ladi.

Yaqinda Jahon banki o`z hisobotlarida “So`ngi yillarda O`zbekistonda boshlang`ich, oliy va o`rta ta`limda qator islohotlar amalga oshirilganiga qaramay ta`lim tizimida sezilarli darajada o`zgarishlar bo`lgani yo`q”, deya qayd etdi. Ta`limni o`zida shuncha boshqaruv bo`lar ekan, bu soha rivojlanishga faqatgina to`siq bo`lib kelgani ko`rinmoqda.

Innovasion rivojlanish vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligining vazifasi ham bir xil, ikkita vazirlik faoliyat yuritishiga aslo sabab yo`q.
Shuningdek, nima vazifalarni bajarayotganligini o`zi ham aniq bilmaydigan bir qancha idora va tashkilotlar mavjudki, ularning erishgan natija va yutuqlari, mamlakat rivojiga qo`shayotgan hissasi nimalardan iboratligini o`rganib tahlil qilib chiqilsa, davlat byudjetiga faqat qog`ozlarni sarflash bilan “yordam bergani”ni ko`rish mumkin. Masalan, “O`zatom” agentligi, “O`zbekkosmos” agentligi, «O`zbekchorvanasl» agentliklari davlatga qanday iqtisodiy, madaniy, umuman qandaydir naf keltirayotgani so`roq ostida.

Aynan qishloq xo`jaligi sohasida o`nlab alohida agentliklar, tuzilma va qo`mitalar mavjud. Asalarichilik, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, Bog`dorchilik, Ipakchilik bo`yicha alohida boshqaruv tuzilmalarini birlashtirish mumkin.

Bu bilan davlat byudjeti, aholining byurokratiya va korrupsiyaga sarflayotgan hisobsiz mablag` va vaqtlari tejalishi, shuningdek, mos ravishda Inson qadri yuksalishiga erishish mumkin.

Rost24.uz saytida e`lon qilingan mavzuga doir maqolalar:

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
13
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
31.10.2022 00:12
Бюджет миллиардларини камириедган каламушларни йукотиш керак. Мана шу мавзуни кутарган одамни отасига рахмат.
17.10.2022 04:15
Endi bitta joyi borda shu savolga jiddiy men Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi da ishlayman Meditsina insonni davolasa Veterinariya Insoniyatni davolaydi  agar Veterinariya vrachi fe'ldsheri sanitari aholi orasida mahalla mahalla uchastka uchastka yurib òziga berkitilgan masul bo'lgan uchastkasida yurib axoli chorva mollari Yirik shohli Mayda shoxli It,OT,Eshak barcha xayvonlarni yuqimli infeksion kasalliklarga eng xavfli Qutrish Kuydirgi Brusellyoz va boshqa kasalliklarga emlamasa  qaramasa uying kuyib ketadi bu òta xavfli kasalliklar xalqni ichida xayvondan odamga yuqib  tarqab ketsa xudo korsatmasin men man degan medintsinadagi vallomalar qayerga qaysi teshikka qarab kirishini bilmaydi Veterinariya doxtrlarini oddiy Tilda Mol duhtr diyshadi past nazariyada qarashadi ayrimlari lekin muvozant ma'suliyat degan narsa bor ushani vijdonan bajaradi tarqoq joylashgan xududlarda uchastkalarda oyoqda yurib uyma uy kirib mollarni vaksinaga emalshni xarkim ham qila olmaydi òz kasbini sevgan uqigan mutaxassis kasbi bilan oylikni pulini xalol topib yiydi  balkim boshqa tuzulmalarda bolishi mumkun lekin Veterinariya soxasi Meditsina sohasi bilan teng ortiq bolishi mumkun past emas keyin ortiqcha ham emas shuni untmang
16.10.2022 14:08
Кайси давлат рахбари-хушомадгуй,лаганбардор, ялокиларнинг макташларига мойиллиги булса, билингки уз-узидан турли хил лавозимлар сони ошишига сабаб булади(ялокиларнинг кунгли уксимасин,чунтакдан кетмаяпти-ку) каби.
16.10.2022 10:59
Жуда тугри фикрлар айтилибди 100% кушиламан бюджетни талон тарож килаётган вазирликми ташкилотми барчасини тугатиш кк