Biznesni rivojlantirish banki yordamchi agentlari – tanlovda etakchi!

17.11.2025 12:37


 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e`lon qilingan “Eng yaxshi yordamchi-agent” tanlovi o`zining qizg`in pallasiga kirdi. Tanlov 4 bosqichda o`tkazilmoqda va har bir bosqich uchun alohida shartlar belgilangan. Xususan, dastlabki – saralash bosqichida respublikamizdagi 9008 ta mahallalarda faoliyat ko`rsatayotgan 624 nafar, ya`ni jami 208 ta tuman va shaharlarning har biridan 3 tadan Yordamchi-agent saralab olingan edi. 


E`tiborlisi, ilk bosqichda “Biznesni rivojlantirish banki”da faoliyat ko`rsatayotgan 614 nafar yordamchi-agentlardan 374 nafari yoki 61 foizi ishtirok etib, o`ziga xos faollik ko`rsatishdi. Zero ilk bosqich natijalariga ko`ra, 37 ta tumandagi  bankning 54 nafari yordamchi-agentlari 2-bosqichga o`tdi.
Xususan, dastlabki saralash bosqichida Yangiyo`l shahri va Kogon tumanidan tanlangan nomzodlarning 3 tadan 3 tasi ham “Biznesni rivojlantirish banki” yordamchi-agentlari bo`lgan bo`lsa, Andijon shahri, Qo`rg`ontepa tumani, Xo`jaobod tumani, Buxoro shahri, Buxoro tumani, Kogon shahri, Yangiobod tumani, Navoiy shahri, Konimex tumani, Kattaqo`rg`on shahri, Ohangaron shahri, Yangiyo`l tumani va Bo`stonliq tumanidan tanlangan nomzodlarning 3 tadan 2 tasi “Biznesni rivojlantirish banki” vakillari bo`lishdi.


2 - tuman (shahar) bosqichida esa, saralab olingan jami 624 nafar yordamchi agentlar belgilangan mavzular bo`yicha targ`ibot ishlarini tashkillashtirib, keyingi bosqichga yo`llanma olish uchun bellashdi hamda respublika bo`yicha 208 ta tuman(shahar)ning har biridan 1 nafardan g`olib, jami 208 nafar yordamchi-agent tanlab olindi.
Shu kunlarda tanlovning uchinchi – viloyat bosqichi ham muvaffaqiyatli o`tkazildi. “Biznesni rivojlantirish banki” sharafini ushbu bosqichda jami 21 nafar yordamchi agent himoya qildi.


Quvonarlisi, ushbu bosqich yakunlariga ko`ra, Andijon, Toshkent viloyatlarida birinchi va ikkinchi o`rinlar; Farg`ona, Namangan, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida birinchi o`rin, Buxoro viloyatida ikkinchi va Samarqand viloyatida to`rtinchi o`rinlarni aynan “Biznesni rivojlantirish banki” yordamchi-agentlari zabt etishdi. Shu tariqa ilk bor tashkil etilaayotgan ushbu nufuzli tanlovining Respublika bosqichida jami 11 nafar vakil bank nomidan ishtirok etishadi.


Hozirda respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qo`lga kiritgan yordamchi agentlar tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар