Toshkentda nufuzli xalqaro tashkilot – ACCA (Sertifikatlangan buxgalterlar assotsiatsiyasi) tashabbusi bilan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bosh homiyligida “Uzbekistan Future CFO” (Bo`lajak moliyaviy direktor) tanlovi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda KPMG xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning 30 ta etakchi oliy ta`lim muassasasi talabalari ishtirok etdi.

Turli shartlar orqali qatnashchilarning buxgalteriya, moliya va soliq yo`nalishlaridagi bilim va ko`nikmalari sinovdan o`tkazildi. Mazkur loyiha O`zbekistonda ilk bor, Markaziy Osiyoda esa ikkinchi marta o`tkazildi.

“Biznesni rivojlantirish banki”**ning mazkur loyihadagi ishtiroki bankning ilm-fan rivojiga hissa qo`shish, yoshlarning amaliy ko`nikmalarini rivojlantirish borasidagi ezgu intilishlarini ifoda etadi.

Tanlov yakuni bo`yicha eng yaxshi natija ko`rsatgan 8 nafar talaba bankda 3 oylik amaliyot o`tash imkoniyatiga ega bo`ldi.
ACCAning Markaziy Osiyodagi rasmiylari o`z navbatida, “O`zbekistonning bo`lajak moliyaviy direktori” milliy tanlovining bosh homiysi sifatidagi faol ishtiroki va beqiyos hissasi uchun “Biznesni rivojlantirish banki”ga alohida minnatdorlik bildirab, maxsus sertifikat bilan taqdirladi.

“Bankning yosh moliya mutaxassislarini qo`llab-quvvatlash hamda O`zbekistonda buxgalteriya va moliya kasbining rivojiga qo`shgan hissangiz yuksak qadrlanadi”, — deyiladi ACCA axborotida.