O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki joriy yilning 17 noyabr holatiga ko`ra, mamlakat tijorat banklarida mikroqarzlar va avtokreditlar bo`yicha foiz stavkalarini e`lon qildi.
Ushbu stavkalarga ko`ra, mikroqarzlar, ya`ni kichik biznesni boshlash yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun ajratiladigan qarzlar bugungi kunda ko`plab banklar uchun asosiy daromad manbaiga aylangan. Umumiy hisobda, banklar orasida farq juda katta: ba`zi banklar mikroqarz bo`yicha 40 foizgacha stavka taklif qilsa, boshqalarida bu raqam 25-26 foiz atrofida.
Masalan, Anor Bank mikroqarz bo`yicha 40,7 foizlik stavka taklif qilmoqda. Bu mamlakatdagi banklar orasida eng katta foiz stavkasidir. Undan keyingi o`rinni 40,4 foiz bilan TBC Bank egallamoqda. Shu bilan birga, BRB (25,6 foiz), Infinbank (24,8 foiz), Trast Bank (24,8 foiz) va OFB (26 foiz) kabi banklarda mikroqarz stavkalari ancha pastroq. Mamlakatda mikroqarzlar bo`yicha eng kichik foiz stavkasini taqdim etayotgan bank sifatida Aloqabank ko`rsatilgan. Unda foiz stavkasi 23 foizni tashkil qilmoqda. Respublikada o`rtacha foiz stavkasi Markaziy bank tomonidan 32,4 foiz sifatida ko`rsatilmoqda.
Qolaversa, jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlar, ya`ni mikroqarzlardan tashqari odatiy bank kreditlari o`rtacha 22,9 foiz stavkasi bilan berilmoqda. Bu kreditlarning foiz stavkasi mikroqarzlardagi kabi yuqori bo`lmay, qarz oluvchining moliyaviy yukini sezilarli darajada engillatadi.
Shunga o`xshash tarzda, yuridik shaxslarga ajratilayotgan kreditlar o`rtacha 23 foiz stavkasi bilan beriladi.
Respublikada mikroqarzlar bo`yicha foiz stavkalari quyidagicha:
Aloqabank 23.0%
Infinbank 24.8%
Trastbank 24.8%
BRB 25.6%
OFB 26.0%
Milliy bank 26.3%
Uzum bank 27.0%
Turon bank 27.4%
Asakabank 27.6%
Mikrokreditbank 27.6%
Kapitalbank 28.1%
Ziroat bank 28.1%
Agrobank 28.2%
Asia Alliance bank 28.5%
SQB 28.6%
Xalq banki 28.8%
Universal bank 30.6%
Poytaxt bank 30.6%
Madad Invest bank 31.4%
Hamkorbank 32.6%
Garant bank 33.0%
Davr bank 35.7%
Ipak yo‘li bank 36.2%
Ipoteka bank 37.8%
Apex bank 39.2%
Tenge bank 39.7%
TBC bank 40.4%
Anorbank 40.7%.
Avtokreditlar bo`yicha vaziyat biroz yumshoqroq. Eng past foiz stavkalari 21-22 foiz atrofida bo`lsa, ba`zi banklarda bu 27-28 foizga etishi mumkin. Masalan, avtokreditlar bo`yicha eng yuqori foiz stavkasi Madad Invest bank tomonidan 27,9 foiz bilan taklif qilinmoqda. Trast Bank’da bu ko`rsatkich 26,6 foiz, Sanoat Qurilish Bank’da esa 26,3 foizni tashkil qilmoqda. Avtokreditlar bo`yicha eng past foiz stavkasini Xalq banki (23,5 foiz), Infinbank (22,6 foiz), Garant bank (22 foiz) va OFB (21,2 foiz) taqdim etmoqda. Ular orasida etakchilik qilayotgan, respublikada eng kam foiz stavkasi bilan avtokredit ajratayotgan bank esa Ipoteka bank sanaladi. Ushbu bank 20,9 foiz bilan avtokreditlar bermoqda.
Avtokreditlar bo`yicha o`rtacha foiz stavkasi 24,4 foizni tashkil qilmoqda.
Respublikada avtokreditlar bo`yicha foiz stavkalari quyidagicha:
Ipoteka bank 20.9%
OFB 21.2%
Garant bank 22.0%
Infinbank 22.6%
Xalq banki 23.5%
BRB 24.0%
Ipak yo‘li bank 24.0%
Davr bank 24.2%
Milliy bank 24.5%
Turon bank 24.6%
Agrobank 24.8%
Asakabank 24.9%
Hamkorbank 25.3%
Asia Alliance bank 25.7%
Aloqabank 25.7%
Mikrokreditbank 25.8%
SQB 26.3%
Trastbank 26.6%
Madad Invest bank 27.9%