Vodiydagi zapravkalarda gaz tanqisligining oldini olish uchun ko`chma konteynerlar ishga tushiriladi

13.11.2025 14:15

Joriy qish mavsumida vodiy viloyatlaridagi metan zapravkalar ko`chma konteynerlar orqali gaz bilan ta`minlanib, tanqislikning oldi olinadi. Bu haqda “Hududgazta`minot” AJning yirik iste`molchilar bilan ishlash boshqarmasi boshlig`i Turg`unboy Beknazarov ma`lum qildi.

“Hududgazta`minot” mas`ulining OAV vakillariga ma`lumot berishicha, har yili qish mavsumida vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalaridagi gaz tanqisligining oldini olish uchun hukumatning pilot loyihasi ishlab chiqilgan.

Qish mavsumida havo harorati keskin pasayganda va gaz quvurlarida gaz tanqisligi sezilgan paytlarda ulgurji iste`molchilarning ma`lum bir toifalariga cheklovlar joriy qilinadi. Bu cheklovlar mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan grafiklarga asosan kiritiladi. Bu yil hukumat tomonidan yangi loyihalar kiritildiki, ya`ni vodiy viloyatlarida AGTKShlarda bosim tushishi kuzatilganda pilot loyiha ishga tushirildi. Hozirda vodiy viloyatlarida 447 ta jami AGTKSh bo`ladigan bo`lsa, gaz tanqis paytda Andijon viloyatida 17 ta tuman uchun bir donadan jami 17 ta, Farg`onada 19 ta tuman uchun 19 ta, Namangan viloyatining 14 ta tumani bo`lsa, shu tumanlarning har birida bittadan jami 14 ta, vodiy viloyatlari uchun jami 50 ta metan zapravkalar ishlab turadi. Bu “zapravka”lar ko`chma konteynerlar orqali gaz bilan ta`minlanadi, deydi Turg`unboy Beknazarov.

Mas`ulning bildirishicha, mazkur pilot loyiha Xitoy davlatining tegishli kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Bu pilot loyiha “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan olib borilyapti. Bugungi kunga qadar o`sha kelishuvlardagi 150 dona ko`chma konteyner olib kelinishi kerak bo`lsa, ayni kunga qadar ularning 92 tasi O`zbekiston hududiga olib kelindi. 1 dekabrdan ular ishga tushadi. Qolgan 58 tasini ham dekabr oxiriga qadar olib kelish ko`zda tutilgan, deydi u.

Ko`chma konteynerlar qanday ishlaydi?

Ko`chma konteynerlar vodiy viloyatlaridagi gaz tanqis bo`lgan, o`ta sovuq paytda bosim tushib ketgan joylarga vodiyning gazi bor hududi yoki Toshkent, Sirdaryo tomonlardan gazni olib, vodiydagi zapravkalarga etkazib beradi. Shu orqali ushbu hududdagi fuqarolarning avtotransport vositalari va maxsus transportlarni gaz bilan to`ldirish imkoni yaratiladi. Bu hukumatning qish mavsumida gaz tanqisligining oldini olish bo`yicha pilot loyihasi hisoblanadi. Agar bu o`zini oqlaydigan bo`lsa, boshqa hududlarda ham joriy etiladi, deydi Turg`unboy Beknazarov.

“Hududgazta`minot” AJ mas`uli metan zapravkalar ularga daromad olib keluvchi tashkilotlar hisoblanishini qo`shimcha qilmoqda.
AGTKShlar bizga daromad keltiruvchi tashkilot hisoblanadi. Shuning uchun ularni gaz ta`minotidan o`chirishdan “Hududgazta`minot” manfaatdor emas. Aksincha, ular ishlamasa, “Hududgazta`minot” ham foydadan qoladi. Ular ishlasa, o`sha qo`lidagi 20 nafar yoki 50 nafar xodimni boqadi. Davlatga soliq to`laydi, o`z navbatida gazga ham pul to`laydi. Shuning uchun biz imkon qadar ularning ishlashidan manfaatdormiz, deydi Hududgazta`minot” AJ boshqarma boshlig`i Turg`unboy Beknazarov

Ayni kunda O`zbekistonda “Hududgazta`minot” AJdan gaz xarid qilib, haydovchilarga xizmat ko`rsatuvchi metan zapravkalar 1500 dan ortgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар