Toshkent shahar hokimligi qonunchilikni buzgan holda madaniy meros ob`ektida tegishli idora ruxsatisiz ta`mirlash ishlarini boshlab yuborgan. Ta`mirlash ishlari boshlangan Navoiy ko`chasidagi 30 uy o`ziga xos 70 yillik tarixga ega.
Toshkent shahar Shayhontohur tumani Navoiy ko`chasi 30-uyda joylashgan bino fasadi, «O`zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tarafida ta`mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta`mirlash ishlari Toshkent shahar hokimligining topshirig`iga ko`ra, «Salohiddin STROY» qurilish firmasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Ma`lum bo`lishicha, Navoiy ko`chasida joylashgan bu bino arxitektura yodgorligi sifatida Vazirlar Mahkamasining 04.10.2019 yildagi 846-sonli qarori bilan davlat muhofazasiga olingan.
O`zbekiton Respublikasi «Madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida»gi Qonunning 10-moddasida «moddiy madaniy meros ob`ektlari joylashgan erlarda hamda ularga tutash hududlarda er qazish, er tuzish, qurilish, meliorasiya, xo`jalik ishlari va boshqa ishlarni, moddiy madaniy meros ob`ektlarini asrash bo`yicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek, moddiy madaniy meros ob`ektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar o`tkazish uchun ruxsatnomalar berish» belgilangan.
Madaniy meros inspeksiyasidan ma`lum qilishlaricha, “Navoiy 30” binosini ta`mirlash-tiklash ishlari Madaniy meros agentligi Ilmiy ekspert kengashi ruxsati olinmasdan amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid maqolalar: