Jahon banki A.Shin, B.Saidov, A.Toshqulov vazirliklari faoliyatini past darajada, deya baholadi

29.05.2022 08:29

Jahon banki O`zbekistonda ta`lim tizimi sifatini past darajada, deya baholamoqda. 

Bunga kim aybdor? 3 bosqichli tizim o`zini oqlamayaptimi? Islohotlar etarli bo`lmayaptimi? Yoki mutasaddi rahbarlarning salohiyati tizimni rivojlantirishga etmayaptimi?

Ta`limda etarlicha bo`y ko`rsatmayotgan islohotlar, keragidan ham ortiq bo`lib borayotgan muammolar haqida O`zbekiston ichidagi ta`lim fidoyilari va OAV etarlicha bong urdi. Bugunga kelib esa buni xalqaro tashkilotlar ham qayd etmoqda, ammo sezilarli o`zgarishlardan hamon darak yo`q.

“So`ngi yillarda O`zbekistonda boshlang`ich, oliy va o`rta ta`limda qator islohotlar amalga oshirilganiga qaramay ta`lim tizimida sezilarli darajada o`zgarishlar bo`lgani yo`q”. Buni dunyodagi eng nufuzli tashkilotlardan biri hisoblangan — Jahon banki o`z hisobotlarida qayd etgan. 

Ya`ni, xalqaro tashkilot O`zbekistondagi ta`lim sifati va qamrovini past darajada, o`rta ta`lim sifati qoniqarsiz, deya baholamoqda. Tashkilotning xulosalari qator tadqiqotchilar fikri va so`rovnomalarga asoslangan.

Bu xulosasi O`zbekiston fuqarolari ishtirokidagi (Listening to the Citizens of Uzbekistan) so`rovnomasi asosida shakllantirilgan. Respondentlarning aksariyati o`rta ta`lim sifatidan qoniqmasliklarini bildirgan. 

Qolaversa, yaqin vaqtgacha O`zbekiston o`rta ta`lim qamrovi darajasi bilan ham qo`shnilardan ortda qolgan. 2021 yilda mamlakatda oliy ta`lim qamrovi 16 foizni tashkil etgan. “So`nggi islohotlarga qaramay, O`zbekistondagi oliy ta`lim qamrovi Markaziy Osiyo va Evropa mamlakatlari bo`yicha eng past ko`rsatkichlarda qolmoqda”, deyiladi Jahon banki axborotida.

Bank axborotiga ko`ra, inson kapitalini rivojlantirishni ko`zlagan hukumat oliy ta`lim sifati va qamroviga jiddiy e`tibor berishi lozim. Chunki, bu bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`lidagi muhim omillardan biri hisoblanadi.

Rost24.uz saytida "O`zbekistonda ta`lim yo`nalishidagi 3 ta vazirlikni qisqartirsa bo`ladimi?" maqolasi e`lon qilgan edi. Unda tizimda boshqaruvni optimallashtirish bo`yicha siyosatni amalga oshirishga mamlakat kundan kun ehtiyoj sezayotgani, dunyo tajribasidan foydalanib, uchta vazirlikni yagona tizimda birlashtirish orqali moliyaviy harajatlarni ham qisqartirish va sifatini oshirish mumkinligi haqida xalqaro darajadagi mutaxassislar fikri berilgan edi.

Ayni paytda esa Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda Xalq ta`limi vazirligi o`rtasidagi bir-biriga aybni ag`darish zanjiri kechayotgani yozilgandi. 

Shuningdek, muammolar girdobidan chiqa olmayotgan Maktabgacha ta`lim vazirligi va uni boshqarayotgan vazir Agrippina Shin faoliyati ham tanqid qilingandi ("Vazir Agrippina Shinning ortida kim turibdi?").  

Jamoatchilik fikriga quloq solmayotgan hukumat tizimdagi muammolarni hal qila olarmikan? 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
10
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
19.06.2022 00:04
Олий малумотли методистларни ойлиги жуда хам оз .3-милион булищи керак Буни вазирлик уйлаб ечимини топса йахши булади.
01.06.2022 23:00
Нега ютуклар куринмайди хар дойим салбий томонини курамиз
31.05.2022 21:49
Мактабгача таълим соҳасидаги ходимлар ойлик маошини кўтариш керак, иш хажми жуда катта, маъсулият 100 карра ,лекин маош кулгили даражада. Пучонг институти битирувчиларини ишга таклиф қилдик, ойлик маошни эшитиб деярли барча таклиф қилинган битирувчилар минг афсуски меҳнат шартномасини тузишдан бош тортишди. Тех ходимлар маоши жуда кам, иш хажми эса.... масалан ошпазларни оладиган бўлсак, ижтимоий химоя деярли йўқ десак хам бўлади.
31.05.2022 13:22
Айрим ОТМларга молиявий мустақиллик берилиб, коррупция қонунийлаштирилди: СамДУ 1-курс давлат гранти асосида ўқувчи талабалари 1-сессиядаёқ 2-3 фандан йиқитилиб, стипендиядан қуруқ қолдирилди, тўлов-контракт асосида ўқувчилар "яхши" ва "аъло" баҳолар зачёткани "ёпишди". Грант асосида ўқувчилардан тежалган "улкан" маблағлар кимнинг қорнини тўйдириши маълум. Агар улар фақат "қониқарли" баҳоларга ўзлаштирган бўлса, унда улар қандай қилиб давлат гранти асосида ўқишга қабул қилинишган? Бу ерда мантиқ қани?
30.05.2022 16:44
Boshqa sohalar qanday ishlayapti? Man endi tushunayapman, nima uchun hamma ijtimoiy tarmoqda chiqish qilib murojaat yollayapti. Ana shunda xaqiqat uchun kurash darhol boshlanar ekan. Aksincha bulsa uzo-o-q kutish kerak. Bu davrda esa “xech narsa qilolmaysan” degan jumlaga chidab yurishingiz kerak. Bugun SSV ga xat tashladim. Endi kutaman… Qani birorta tizim yaratilsada, tez organilishi kerak bulgan murojaatlarni darhol kurilsa. Qonunnni buzishga ulgura olmay qolishsa.
30.05.2022 15:44
Б.Саидовда айб йук, у узидан олдингидан колган ахлатни тозалай олмай овора
30.05.2022 15:41
Бошка сохалар кандай ишлаяпти? Бугун хат билан ССВ га мурожаат қилдим. Энди 12-14 кун “борьба за выживание”. Агрессив ҳолатда юриши аудиолар билан исботланган рухий хаста 1 (бир) кунда диспансердан чиқариб юборилди. У айнан ўзи зўравонлик қилган отасига ғамхўрлик қиладими? Умуман руҳий хаста беморга қараши мумкин деган қонун борми? Эх тиббиёт... Президентимизнинг жон койитиб гапиришларича бор экан. Коррупцияда бу соҳа нечанчи ўринда ҳозир? Таълимдан олдинми ёки кейин? Яхшики, Конституцияда фикр билдириш эркинлиги кафолатланган.
30.05.2022 07:07
Men maltabgaça ta'lım taşkılotıda rahbar bulıb ışladım,kasbımıznı tuşunadıgan mutaxassısnı uzı yuq. Bılımı,erkın fıkrlaşıga qaramaydı.Boşqarma boşlıqlarınıng uzı muomala madanıyatını bılmaydı.Bız 3-7 yoşlı bolalar bılan ışlaymız.Iş jarayonını tuşunıb ış olıb boradıgan kadr va boşlıqnı uzı yuq.Hamma sı tanış bılış bulıb ketgan.Karrupsıyanıku gapırmasa ham buladı.Bızda ong va psıxologıya etışmaydı. Kop kıtob uqımagan amaldorlar bılan ışlab kevommız. Man nohaqlıkka çıdolmay buşab ketganman. Hozır uzga yurtda mardıkor bulıb ışlab yurıbman.
29.05.2022 21:48
Bizga Allohdan qo'rqadigan vazirlar kerak
29.05.2022 18:44
Chupon kópaysa poda xarom óladi degan naql bor
29.05.2022 18:15
Kollejlarga ishlab chiqarishdi rivojlantirish kerak..Texnikum kerak emas. Oliy talimga yoshdi cheklash kerak.. Xozir kupchilik Tojikiston.Qirgiziston.Turkmaniston.Qozogistonga nomi olnayin puldi tashab bir ikki borganmi yuqmi pervot qildi zavushniy boshlangʻichga dars beryapdi.Allox guvox uqituvchi bolalarga ruchka ushlashdi urgatolmagan yozish uyoqda tursin.. Vazirliklar tezda chora koʻrmasa uqishdi yozishdi bilmaydigon uquvchilar kupayib ketadi 3-4 yil ichida bilinib qoladi.. Zavushniy kechgi uqishlarni Qushni davlatlarga olnayin uqishlarni tezda bekor qilish kerak..
29.05.2022 18:15
Kollejlarga ishlab chiqarishdi rivojlantirish kerak..Texnikum kerak emas. Oliy talimga yoshdi cheklash kerak.. Xozir kupchilik Tojikiston.Qirgiziston.Turkmaniston.Qozogistonga nomi olnayin puldi tashab bir ikki borganmi yuqmi pervot qildi zavushniy boshlangʻichga dars beryapdi.Allox guvox uqituvchi bolalarga ruchka ushlashdi urgatolmagan yozish uyoqda tursin.. Vazirliklar tezda chora koʻrmasa uqishdi yozishdi bilmaydigon uquvchilar kupayib ketadi 3-4 yil ichida bilinib qoladi.. Zavushniy kechgi uqishlarni Qushni davlatlarga olnayin uqishlarni tezda bekor qilish kerak..
29.05.2022 15:53
Таълим тизимидаги муаммолар 30 йил ичида шаклланган бўлиб буни хали-бери ечиш имконсиз хисобланади. Мустақилликнинг дастлабки йилларида таълим тизимидаги ходимларнинг иш хақи жуда хам паст бўлганлиги учун бу 3 та таълим тизимдан иқтидорли кадрлар бошқа сохаларга: савдо, бизнес, хусусий тадбиркорлик, хорижий мамалакатлардаги малакасиз ишлар ва бошқа сохаларга кетиб қолганлар. Натижада бу соха паст саводли ёки саводсиз кадрлар қўлида қолиб кетган. Давлат рахбарларининг йўл қўйган хатоси хозир мамлакатимиз учун қимматга тушмоқда. Олий таълимда иш хақи оширилди, лекин бу кеч содир бўлди, бу сохага хам паст саводли, иқтидорсиз ходимлар кириб келиб бўлган эди. Шунинг учун буни яхши билган давлат амалдорлари ўзларининг фарзандлари, набираларини хорижий таълим муассасаларида ўқитадилар, медицина сохасида хам худди шундай давлат амалдорлари хорижий мамлакатларда даволанишни афзал кўрадилар. Давлат амалдорлари йўл қўйган хатодан оддий халқ зарар кўрмоқда, чунки уларнинг моддий имкониятлари жуда хам чекланган. Минг афсуски буни хеч ким тан олгиси келмайди!