Markaziy bank 2025 yilning sentyabr oyi holatiga inflyasiya ko`rsatkichlarini e`lon qildi.
Umumiy yillik inflyasiya 2022 yilda 12,3 foiz bo`lgan, 2023 yilda pasayib, 8,8 foiz, 2024 yilda biroz oshib, 9,8 foiz, 2025 yil sentyabr holatida 8 foizga tushgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari
Infografikaga ko`ra, ba`zi oziq-ovqatlar narxi sezilarli darajada pasaygan, boshqalari esa keskin oshgan:
Yillik hisobda qovoq (-59,2 foiz), pomidor (-31,5 foiz), bodring (-30,7 foiz), baqlajon (-21 foiz), shaftoli (-20,5 foiz) va anor (-20,4 foiz) narxlari sezilarli darajada pasaydi.
Hisobot davrida quyidagi mahsulotlar narxlari ham sezilarli qimmatlagan:
Sabzi (+57,5 foiz);
Limon (+52,5 foiz);
Paxta moyi (+35,9 foiz);
Sholg`om (30,8 foiz);
Karam (27,4 foiz);
Qo`y go`shti (26,8 foiz).
Nooziq-ovqat tovarlar
Nooziq-ovqat mahsulotlaridan propan (-19,7 foiz), qog`oz A4 (-3,7 foiz) va shprislar (-0,4 foiz) foizga arzonlagan.
Oltin narxlari global bozorda rekord darajada qimmatlashi zargarlik buyumlarida ham aks etgan – nikoh uzugi 33,4 foizga qimmatlagan.
Nooziq-ovqat mahsulotlari tarkibida metan (+30,6 foiz), gazeta (+15,3 foiz), benzin (+11,8 foiz), tabiiy gullar (10,9 foiz) narxlarida keskin qimmatlashish kuzatilgan.
Xizmatlar
Yillik hisobda pul o`tkazmalari uchun haq to`lash narxlari 2,5 foizga, nodavlat OTMda o`qish 0,2 foizga arzonladi.
Narxi eng ko`p qimmatlagan xizmat haydovchilik kurslari bo`ldi – hisobot davrida bu xizmat narxi 73,3 foizga oshgan. Shuningdek, ichki yo`lovchi havo transporti xizmatlari 57,3 foizga, tarmoq gaz 39,2 foizga, sovuq suv 35,1 foizga, muzey xizmatlari 32,3 foizga, huquqiy tusdagi xizmatlar 29,1 foizga qimmatlagan.
Sentyabr oyi yakunlariga ko`ra, yillik narx o`sishi 10 foizdan past bo`lgan mahsulotlar oziq-ovqat mahsulotlarida 86 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlarida 96 foiz va xizmatlarda 56 foizni tashkil qilgan.