“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Yamagata universiteti bilan hamkorlikda qoraqalpog`istonlik tadbirkorlarni Yaponiya tajribasi asosida o`qitishga qaratilgan xalqaro darajadagi ta`lim dasturi amalga oshirmoqda. Shu kunlarda “U-HOPE” dasturi doirasidagi 3 kunlik navbatdagi o`quv mashg`ulotlari bo`lib o`tmoqda.
Tadbirkorlik sohasidagi mentorlarni tayyorlashga qaratilgan to`rt bosqichli dasturning bu galgi o`quvlariga “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 30 nafar xodimi va Qoraqalpog`iston Respublikasidan 50 nafar yosh tadbirkor jalb qilindi.
Ta`kilash lozimki, Loyiha doirasidagi ta`lim jarayoni Yaponiyaning 12 nafar etakchi ekspertlari tomonidan olib boriladi. Xususan, Yamagata universiteti Tadbirkorlik ta`limi va tadqiqot markazi direktori, professor Tadashi Onodera ham bevosita mashg`ulotlar olib bormoqda.
Ushbu loyiha o`z ichiga 60 soatlik ta`lim: ma`ruzalar, amaliy mashg`ulotlar, jamoaviy ish va onlayn darslarni o`z ichiga oladi. Bunda asosiy yo`nalishlar: tadbirkorlik tafakkuri, ijtimoiy innovasiyalar, biznes-modellar ishlab chiqish, hududiy muammolarni echishdan iborat.
Yana bir ahamiyatli tomoni, tinglovchilar yapon ekspertlari bilan ekologiya, raqamli transformasiya (DX), sanoat va infratuzilmani rivojlantirish hamda kadrlar tayyorlash bo`yicha keys-stadilar ustida birga ishlash imkoniga egalar. Olingan bilimlar esa, Qoraqalpog`istondagi dolzarb muammolarni echishga qaratilgan aniq biznes-loyiha ishlab chiqish asosida amaliy mashg`ulotlar orqali mustahkamlanadi.
Ta`lim dasturi quyidagilarni o`z ichiga oladi:
• Kaizen (kaydzen) — doimiy takomillashuv falsafasi.
• Lean Management (berejlivoe upravlenie) — resurslarni tejash va samarali ishlash usuli.
• Ikigai (ikigay) — shaxsiy va kasbiy maqsadni topish, hayotiy muvozanat.
• Kanban (kanban) — zamonaviy loyihalarni boshqarish tizimi.
• Yapon kompaniyalari tajribasi (Case study) — kichik biznes orqali ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni echish namunasi.
• Ijtimoiy tadbirkorlik va “kollektiv ta`sir” — daromad bilan birga ijtimoiy muammolarni ham hal qilish.
• Digital Transformation (DX) — kichik biznesni raqamli texnologiyalar bilan rivojlantirish.
• Green Business & Sustainable Agriculture — ekologik biznes-modellar va organik qishloq xo`jaligi.
Eng asosiysi, uch kunlik mashg`ulotlar orqali O`zbekistonda birinchi milliy mentorlar tarmog`ini shakllantirish, yoshlar startaplari va hududiy tashabbuslarni qo`llab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni biznes orqali hal etishga Yapon tajribasini joriy qilish hamda kelgusida tashkil etiladigan O`zbekiston-Yaponiya Oliy biznes maktabi uchun asos yaratishga erishish maqsad qilingan.
Bir so`z bilan aytganda, Qoraqalpog`istondagi xalqaro mentorlar ta`limi – bu yangi avlod etakchilarini tayyorlash sari muhim qadam bo`lib, ular nafaqat biznes qiladilar, balki innovasiyalar orqali ijtimoiy muammolarni hal etadilar.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan dasturning yakuniy taqdimoti 2026 yil fevralida bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan.“U-HOPE” dasturi doirasidagi navbatdagi o`quv mashg`ulotlari boshlandi

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan dasturning yakuniy taqdimoti 2026 yil fevralida bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan.