Behzod Hoshimov: Amerikada haydovchilik guvohnomasi olishingiz uchun maymundan sal farqlansangiz bo`ldi (+audio)

13.02.2022 18:01

Yoxud “Avtotest” 25-o`rinda turuvchi muammo uchun harakat qilmoqdami?

Bugun Komil Allamjonovning “Yagona imtihon markazi” qoshida tayyorlov kurslari ochish niyati borligi haqidagi videosi e`lon qilindi.  Bir oz avval Rost24.uz saytida ham aynan monopoliya o`rnatayotgan “Yagona imtihon markazi”   haqida material e`lon qilingan edi.

Komil Allamjonov bu tashkilotni o`ziga tegishliligini tan olib, ushbu so`zlarni o`z sahifasiga yozib qo`ydi:

“Guvohnomani osongina olmoqchi bo`lganlarga maslahatim – o`qib, bilim oling, mashina haydashni ko`chada emas, avtomaktabda o`rganing va sizga sifatli ta`lim berilishini talab qiling. Chunki, o`qimas ekansiz, ming vallomati bo`lsangiz ham, endi haydovchilik guvohnomasini ololmaysiz!”. 

Aslidachi..? Chet el tajribasida bu holat qanday? Avtomaktabda o`qish o`limlar sonini kamaytira oladimi? Masalaning asl mohiyatidan qochib qolmayapmizmi? 

“Prava”ni avtomatlashtirish, inson omilini kamaytirish masalaning eng oxirida turibdi.

Iqtisodchilar Behzod Hoshimov va Botir Kobilov aynan kun mavzusi bo`layotgan yo`l harakati qoidalari, avtomaktablardagi tahsil va haydovchilik guvohnomasi haqida xalqaro tajribalarga tayangan holda fikrlar aks etgan podkast e`lon qilishdi. 

Botir Kobilov: -Yo`l harakati doirasida yuz berayotgan avtohalokatlarga asosan nimalar sababchi bo`lyapti? Bunga asosan haydovchilik guvohnomasini olish osonligini, yo`l qoidalarini bilmaydiganlar ham osonlik bilan olayotganini ro`kach qilishadi, odatda. Qanchalik bu fikr haqiqatga yaqin?”

Behzod Hoshimov: - Yaxshi savol, to`g`risini aytsam lekin yo`l harakati natijasida nobud bo`layotgan insonlar soni nimaga ko`paymoqda, koviddan ham ko`p, nimaga tinch bo`lgan davlatda bunday o`limlar soni ko`p bo`lishi bu g`ayritabiiy holat. Tabiiy savol tug`iladi, albatta. Agar sababi nima deb bitta ro`yxat qiladigan bo`lsak, aytaylik 15 ta sababi bo`lsa, men 15 tadan 25-o`ringa “prava” olish muammosini qo`ygan bo`lar edim. Ya`ni “Nimaga ko`p odam o`lyapti?” degan savolga asosiy javob odamlar “prava”ni pulga sotib olyapti yoki avtomaktablarda yomon o`qib yo`lga chiqyapti, degan narsani men ko`rsatmagan bo`lardim rostini aytsam. Nimaga, sababi qo`pol qilib aytadigan bo`lsam,  nafaqat yo`l qoidasini bilmaydigan, balki qanaqadir jonzot qo`ysangiz ham, o`sha jonzotda imkoniyat bo`lishi kerakmas qoidalarni buzishga. Bu bilan nima demoqchiman, haydovchilar va piyodalarda rag`batlar tizimini joriy etishimiz kerakki, ularda o`sha qoidalarni buzishga hech qanday asos bo`lishi kerakmas. Biz asosiy narsa qolib ketib, muhim bo`lmagan ishlarga e`tibor qaratyapmiz. Masalaning echimi imtihon jarayonlarini avtomatlashtirish orqali kuchaytirish bilan hal bo`lib qolmaydi. Qurbonlarning ko`p bo`layotganiga yoki yo`l harakati qoidalari buzilayotganiga sabab bu ularni bu qoidalarni bilmasligida emas, balki bilib turib bu qoidalarga amal qilmayotganida, aslida. Muammo insonlarning bilimida emas, amalida. Ko`p narsalarni bilamiz, lekin o`shanga amal qilmaymiz.

Testni bunday qiyin qilish axborot masalasini echadi, rag`bat masalasini emas 

Toshkentdan ko`ra Amerikada mashina haydash ancha oson. AQShda haydovchilik guvohnomasi olishingiz uchun tentak bo`lmasangiz bo`ldi. Maymundan sal farqlansangiz bo`ldi. Mening Amerikada yashaydigan do`stim aytadiki, “sen Toshkentda mashina haydagan bo`lsang, demak oyda ham hayday olasan” deydi. Chunki u juda ko`p mamlakatlarga borgan, hamma joyni qandayligini yaxshi biladi, haydaydi. Lekin Toshkentga kelganda yo`llardan qo`rqib haydovchi oladi. 

Mashina haydashni bilgan odam testdan albatta o`ta olishi kerak

Agar o`ta olmasa, demak bu test xato qurilgan bo`ladi. Testni maqsadi biladigan va bilmaydiganlarni ajratish, aslida. AQShning Medison shahrida shaxsan o`zim haydovchilik guvohnomasiga test topshirganman, xuddi test savollari 5-sinf o`quvchisiga berilganday edi. Bu er yana AQShning eng qiyin test oladigan joyi deyiladi. Amerikada o`zi umuman avtomaktablar ham yo`q. Maqsad mashina haydashni bilsangiz bo`ldi, “prava” beramiz deyiladi. Nima uchun Amerika haqida gaplashgan muhim chunki Amerika dunyoda eng avtomobillashgan mamlakat. Amerikada haydovchilik guvohnomasi olish osonligiga qaramay o`limlar soni yildan yilga keskin kamaymoqda. Hukumat albatta ko`plab qonunlar qabul qilib, tartibga solib shu natijaga etib keldi. Yo`l qoidasini buzish juda ham qiyin, chunki struktura kuchli ishlab chiqilgan. 

               Jazo muqarrar bo`lish kerak

“Prava”ni avtomatlashtirish, inson omilini kamaytirish masalaning eng oxirida turibdi. Rulda kim bo`lishidan qat`i nazar u “zamministrning xotini” bo`ladimi, “zaministrning eri” bo`ladimi, maymun bo`ladimi, qanaqadir jonzot bo`ladimi kim rulda o`tirishdan qat`i nazar jazo muqarrar bo`lish kerak. Bu juda muhim” deya aytib o`tgan iqtisodchilar. 

O`zbekistondagi yo`llar infratuzilmasi yaxshi ishlab chiqilmagan

Bundan tashqari ular O`zbekistondagi yo`llarning infratuzilmasi to`g`risida ham yaxshi fikrlar aytib o`tdi:

“O`zbekistondagi yo`llar infratuzilmasi yaxshi ishlab chiqilmagan. Piyodalar o`tish joylardagi svetoforlar minuti juda tez. Men yugurib o`tib, bazo`r ulguraman. Lekin qolganlarchi? Qisqa svetaforlar yoki piyodalar o`tadigan yo`laklarni kam qilishimiz, bu o`limlar sonini oshiradi. Tezlikni tutuvchi narsalar qo`yish, nafaqat kameralar orqali balki umuman tez haydash imkonini qoldirmaslik kerak” deya iqtisodchilar suhbatini yakunlashdi. 

Xalqaro tajribani ko`rgan iqtisodchilar fikrlaridan kelib chiqqanda, har tomonlama o`ylab, keyin qanaqadir  qaror yoki echimga kelishimiz kerak. Chunki bu masala bevosita inson salomatligi bilan bog`liq. Bu erda mashina harakati emas, inson omili birinchi o`rinda turishi kerak. Bu esa, albatta, bitta haydovchilik guvohnomasi olish bilan hal bo`lib qoladigan masala emas…

Mavzuga oid maqolalar:

Prezident Allamjonovning “potensial qotillar" haqidagi ayblovlarini yo`qqa chiqardi

"Avtotest" monopoliyasini tiklashga urinish yoxud Allamjonov axboriy manipulyasiya yo`liga o`tdi...(mi?)

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
14
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
19.03.2022 14:29
Mana bo'larkanku shafof tiniq fikr, prava olishni qiyinlashtirish bu yechim emas. Sal mantiqan o'ylansa korrupsiya aralashgan tizimni isloh qilishni yagona yo'li undan voz kechish. Lekin biza korrupsiya aralashgan tizim samaradorligini 5% uchun uni yanada korupsiyalashtirmoqdamiz.
18.02.2022 17:15
Билиб туриб амал қилмасликлари жудаям тўғри. Эрталабдан Муқимий кўчада жудаям кўп авария ҳолатларини келтириб чиқадиган, учар ҳайдовчиларнинг(уларнинг ичида аёллар ҳам бор) у полосадан бу полосага поворотник ёқмасдан ўтишларининг гувоҳи бўлиш мумкин. Кечки соат 18 дан кейин яна шу ҳолат. Поворотник ёқсангиз ҳам йўл беришмайди, аммо, ўзлари бу қоидани бажармай бошқаларнинг асабига ўйнашади. Полосадан полосага ўтиш, бурилишда поворотник ёқишни билишмайдими? Билишади, атай ёқишмайди. Камида 1-2 та орқасидан уриб олишларни кўриш мумкин фақат шу кўчада. Кейин, ЙТҲ ҳолатлари йўлларнинг нотекислиги, ўнқир-чўнқирлигидан ҳам келиб чиқади. Чилонзор кўчаси бунга яққол мисол.
14.02.2022 03:00
Oʻzbekiston toʻppa toʻgʻri enasinikiga kirib ketvotti
14.02.2022 01:57
Bizda menimcha YTHlar etarli darajada tahlil qilinmaydi, tegishli hulosalar chiqarilmaydi. Yollarimiz, yol harakatini tashkil qilish va avtomobillarimiz ham YTH sodir bolishiga asosiy sabadlardan