«9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish» kuni munosabati bilan o`tkazilayotgan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida "Bizneschi rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov ishtirokida brifing o`tkazildi.
Unda joriy yilda bankning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi tashqi auditdan o`tkazilib, ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiq deb topilgani ma`lum qilindi.
Ayni paytda bankning Komplaens nazorati departamenti, ishga yangi qabul qilingan va korrupsion riski yuqori xavfga ega lavozimlarda faoliyat yuritayotgan 1 359 nafar xodim «Korrupsiyaga qarshi virtual akademiya» platformasida o`qitilmoqda.

O`tgan davrda korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha jami 106 marta o`quv-seminarlari tashkil etildi.
Brifingda qayd etilishicha, "Biznesni rivojlantirish banki" xodimlari tomonidan manfaatlar to`qnashuvi to`g`risida to`ldirilgan deklarasiyalar asosida 26 ta ehtimoliy, 3 ta mavjud manfaatlar to`qnashuvi holati aniqlanib, bartaraf etilgan.
Hisobot davrida bank tizimida davlat xaridlari bo`yicha 418 ta kontragent o`rganildi. Shundan 417 ta kontragentga ijobiy, 1 nafar kontragentga nisbatan afillanganligi sababli salbiy xulosa berilgan.
Ishga qabul qilish jarayonida shaffoflikni ta`minlash maqsadida nomzodlarni lozim darajada o`rganish va korrupsion riskini baholash tizimi joriy qilingan. Jumladan, hisobot davrida jami 1428 nafar nomzod o`rganildi. Shundan 1336 ta ijobiy, 92 ta salbiy xulosa berildi.
Ayni paytda bankning korrupsiya va manfaatlar to`qnashuvi bo`yicha xabar berishga mo`ljallangan 4 ta aloqa kanali 24/7 rejimda ishlamoqda.
Shuningdek:
- bank kreditlari avtomatlashtirilgan Anderrayting tizimi orqali ajratilmoqda;
- Mijozlar uchun onlayn xizmat turlarining barchasi (kredit olish, kartaga ariza qoldirish, pul o`tkazmasini amalga oshirish, pul o`tkazmalari, valyuta ayirboshlash va boshqalar) bankning mobil ilovasi orqali joriy qilindi;
- Xaridlarni amalga oshirishda barcha jarayonlar raqamlashtirildi. Kontragentlarni qo`shimcha manbalardan o`rganish tizimi ham joriy qilindi;
- Muammoli kreditlarni undirish jarayonlari raqamlashtirilib “Soft, hard and legal collection” tizimi joriy qilindi;
- Bankda imtiyozli kreditlar bo`yicha arizalarni qabul qilish, rasmiylashtirish va skoring tizimlari to`liq avtomatlashtirilgan «Biznes portal» tizimi joriy qilingan;
- Biznes-jarayonlar, manfaatlar to`qnashuvlarini monitoring va boshqarish maqsadida “Complaens control” nazorat tizimi joriy qilingan;
- Firibgarlik xatarlarini oldini olish maqsadida «Antifrod» tizimi tatbiq etildi.

Bank axborot xizmati