Kun.uz jurnalisti Farrux Absattarov "Yil tanlovi - 2021" dagi "Eng namunali vazirlik", "Yaxshi ishlamagan vazirlik" va "Yil odami" nominasiyalari bo`yicha fikrlarini aytib o`tdi.
Farrux Absattarovning javoblari:
1. 2021 yilning "Eng namunali vazirligi" — Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi.
"Men, asosan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan ishlayman. Mening fikrimcha, Ichki va Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ancha yaxshi ishladi. Tashqi ishlar vazirligi shu vaqtgacha juda ham yopiq bo`lishiga qaramasdan, hozir ancha-muncha tadbirlariga hozir ochiq. Jurnalistlarga izoh berishni boshladi. Albatta, xalqaro munosabatlarda nozik bo`lgan diplomatik masalalarda jim bo`lishadi. Ba`zan vazirlikning faoliyatiga bevosita aloqador bo`lgan masalalarga ham izoh berishmaydi. Ichki ishlar esa deyarli har bir so`rovimizga javob beradi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar matbuot xizmatlariga xos bo`lgan bitta holat bor, biron-bir voqea-hodisa yuz berdi. Bu bo`yicha o`rganish ishlari boshlanadi. Lekin buning natijasi ko`p holatda ochiq qoldiriladi. Uning ishi sudga oshirildimi, ma`muriy javobgarlik belgilandimi shu narsa ko`pincha aytilmay qolib ketadi", deya aytib o`tdi jurnalist.
2. 2021 yilda yaxshi ishlamagan vazirlik savoliga javobni ochiq qoldirishini so`rab qoldi Farrux Absattarov.
3. 2021 yil "Yil odami" - Ijtimoiy tarmoqlarni bloklagan 5 ta shaxs.
“Mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy voqeaning sababchisi bo`lishi kerak bu inson yoki judayam katta bir negativ voqeaga sabab bo`lgan inson bo`lishi mumkin. Shu sababli, mening fikrimcha, negativroq bir voqeaga sabab bo`lgan inson sifatida O`zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarni bloklanishiga to`g`ridan-to`g`ri sababchi bo`lgan beshala insonni ham aytib berishim mumkin. Masalan, qonunni qabul qilgan, qabul qilishda asosiy tashabbuskor bo`lgan Ilhom Abdullaev. Undan keyin ijtimoiy tarmoqlarni bloklagan G`olibsher Ziyaev, Davlat personallashtirish markazi, AKT vazirligi, Bosh vazir o`rinbosari. Shu odamlar menimcha “Yil odamlari” bo`ldi. Chunki ularning qilayotgan ishlari absurdligi haqida judayam ko`p maqolalar yozildi. Keng jamoatchilik yozdi bu narsani. 21 asrga kelib bular O`zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarni bloklab qo`yishi bu hech qanaqa bir izoh berishga arziydigan holat emasda. Bularning hammasi jamoaviy yil odamlari", deya fikrini yakunladi.
Eslatib o`tamiz, O`zbeiston jurnalistlari va blogerlari tomonidan 2021 yilda eng faol ishlagan vazirliklar, hokimliklar, davlat va jamaot tashkilotlari saralanmoqda. Shuningdek, an`naviy tarzda “YIL ODAMI” ham aniqlanadi. Tanlov natijalari yaqin kunlarda katta tantanada e`lon qiltinadi.
Mavzuga oid maqolalar:
1. "Yil tanlovi – 2021": Aziz Abduhakimov o`z vazirligini "Eng yaxshi vazirlik" deya e`tirof etmadi
2. Ozodbek Nazarbekov: "Yilning eng namunali viloyat hokimi" – Andijon viloyat hokimi
3. 2020 yilning «Yil odami» Rasul Kusherbaev 2021 yilda "Yil odami" deya kimni tanladi?
4. Sherzodxon Qudratxo`ja "Yilning eng namunali vazirligi"ga kamtar vazirlik nomini tavsiya qildi
5. Kun.uz jurnalistlari tanlagan "Eng yomon va eng faol vazir"lar kim?