Xalq ta`limi vazirligi Rost24da chiqqan maqolaga munosabat bildirdi

02.11.2021 14:28

Olis hududlardagi maktablarda ishlayotgan o`qituvchilarga boshlang`ich yordam va ijara puli to`lovida uzilishlar bo`lganda Xalq ta`limi vazirligiga murojaat etishlari so`raladi.

Rost24 nashri tomonidan olis hududlarda joylashgan boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga belgilangan maxsus qo`shimcha to`lovlar to`lanmayotganligi yuzasidan maqola e`lon qilindi. 

Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11 yanvardagi PQ-4940-sonli qaroriga muvofiq:

- ta`lim sifati yuqori bo`lmagan ta`lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib ishlayotgan o`qituvchilarga respublika byudjeti hisobidan 100 va 50 foizlik qo`shimcha ustamalar;

- olis va chekka hududlardagi ta`lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib ishlayotgan o`qituvchilarga mahalliy byudjetlar hisobidan bir martalik boshlang`ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun har oylik pul kompensasiya to`lovlari to`lab kelinmoqda.

Biroq, Xalq ta`limi vazirligi tomonidan mazkur maqolada ko`tarilgan masala yuzasidan holatlar manzilli o`rganilganda haqiqatdan ham ayrim pedagog xodimlarga bir martalik boshlang`ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun har oylik pul kompensasiya to`lovlarida uzilish holatlariga yo`l qo`yilganligi aniqlandi.

Ayni damda aniqlangan holatlar vazirlik tomonidan nazoratga olingan bo`lib, ularni bartaraf etish bo`yicha tezkor choralar ko`rilmoqda. Shuningdek, shu kabi holatlarni zudlik bilan hal etish hamda kelgusida yo`l qo`ymaslik yuzasidan hududiy xalq ta`limi bo`linmalariga topshiriqlar berildi. 

Olis va chekka hududlardagi maktablarda boshqa hududlardan kelib ishlayotgan o`qituvchilardan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 11 yanvardagi PQ-4940-sonli qarorida belgilangan qo`shimcha to`lovlarni joylarda turli bahonalar bilan amalga oshirilmayotganlik holatlariga duch kelayotgan bo`lsa, har bir murojaatni Vazirlik tomonidan manzilli o`rganilib, echish maqsadida vazirlikning 71-202-09-09 raqamiga murojaat qilishlarini so`rab qolamiz.

Shuningdek, Rost24 axborot saytiga ushbu muammoni ko`tarib chiqqani uchun minnatdorlik bildiramiz.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
13.12.2021 05:37
Ижара пули тугил, йул пули тулашмади,ишонч телефонига чикдик,аммо натижа йук
05.11.2021 13:15
Xali xam to‘lab berilgani yuq ijara puli xam boshlang‘ich yordam xam
02.11.2021 22:30
ХТВ бундан бехабар экан-да...?! Унда рост 24га рахмат айтамиз!
02.11.2021 20:10
Nima degandim, o'qituvchilik eng qo'rqoqlarning kasbi demaganmidim, XTV vaziri ushbu tushuntirishi bilan ularning haqiqiy "rahnamo"si ekanligini isbotlabdi.