Tanqidlar ortidan «Tashkent city» poytaxtdagi kam sonli tekin sayilgohlardan biriga aylandi
«Tashkent city» direksiyasi ma`lum qilishicha, 2021 yil 14 oktyabr kunidan boshlab direksiyaning sayilgohi hududiga kirish bepul bo`ldi. Rost24.uz sayti «Tashkent city» sayilgohining pullik bo`lishi bo`yicha shahar hokimining munosabati va aholining noroziliklarini o`rganib, bir qator materiallar e`lon qilgan edi.
O`tgan yil dekabridan boshlab “Tashkent City” bog`iga kirish vaqtinchalik pullik etib belgilangan. Bog`ga kirish uchun 12 yoshdan kattalar uchun to`lov 10 ming so`m edi.
«Tashkent city» sayilgohining pullik qilinishi ortidan kelib chiqqan noroziliklar tufayli rost24.uz muxbiri maxsus Jahongir Ortiqxo`jaevning munosabati bilan qiziqqan. Ortiqxo`jaevning saytimizga bildirishi-cha, «soliq to`lovchilar "Tashkent City"ga kirganida pul to`lasa adolatli bo`ladi. Chunki, siti xarajatlari byudjet mablag`laridan qoplanmaydi», deya aniqlashtirgandi shahar hokimi.
Shuningdek, "Bir oyda saqlab turishga 900 million so`m, har bitta fontanni otilishiga bir kunda 1 million so`mdan ko`p pul ketadi", deya ta`kidlagan Ortiqxo`jaev.
Jahongir Ortiqxo`jaevning fuqarolarga yaratib bergan pullik «Tashkent city» sayilgohi qanchalar O`zbekiston Konstitutsiyasiga to`g`ri keladi. Bu borada Rost24.uz sayti maxsus videoreportaj ham e`lon qilgandi. Unda «Tashkent city» shahar ichidagi davlat sifatida izohlangan edi.
Tanqidlar ortidan «Tashkent city» poytaxtdagi kam sonli tekin sayilgohlardan biriga aylandi.
*****
Mavzuga oid maqolalar:
Jahongir Ortiqxo`jaev “Tashkent Sity”ga kirish pullik qilingani bo`yicha munosabatini bildirdi