Nomzodlarni taniysizmi: Prezidentlikka nomzodlarni 3 milliard so`m ham mashhur qila olmayaptimi?

30.09.2021 15:18

Gohida 3 milliard so`m ham sizni mashhur qila olmasligi mumkin. 

O`zbekistonda prezidentlikka o`z nomzodini ko`rsatib 3 milliard 97 million so`m mablag`ga tashviqot ishlarini uyushtirayotgan nomzodlarni bugun tanimaydiganlar ham talaygina.

Prezidentlikka nomzodi ko`rsatilgan 5 nafar shaxsni ism familiyasini yoddan aytib bera olasizmi? Umuman olganda ularni taniysizmi? Rost24.uz sayti muxbiri ayni shu savol bilan fuqarolarga yuzlandi. Aksariyat respondentlar faqatgina Shavkat Mirziyoev va Alisher Qodirov nomzodini tilga olishmoqda. Ba`zi, fuqarolar Maqsuda Vorisovani ham tilga oldi. To`liq videoni quyida ko`rishingiz mumkin.

Eslatib o`tamiz: Joriy yilning 24-oktyabr sanasida O`zbekistonda prezidentlik uchun saylov bo`lib o`tadi. Ayni damda 5 ta partiyadan nomzodi ko`rsatilgan 5 nafar shaxslarning saylov oldi tashviqot ishlari boshlab yuborilgan. 

Tashviqot ishlariga byudjet mablag`idan 15 milliard 486 million so`m ajratilgan. Bu har bitta nomzod uchun 3 milliard 97 million so`mdan to`g`ri keladi.

*******

Mavzuga oid maqolalar:

AQSh O`zbekistondagi Prezident saylovidan nimani kutmoqda?

O`zbekistonning AQShdagi fuqarolari prezidentlik saylovlariga qanchalik qiziqadi? 

Koronavirus sababli O`zbekiston Prezidenti saylovi onlayn o`tkazilishi mumkinmi?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
06.10.2021 14:19
1,5 млн, лекин бу хам катта пул
01.10.2021 04:35
Афсус 15 млн доллар ҳавога учибди...