Vazirlar Mahkamasining qarori asosida kam ta`minlangan xotin-qizlarning kontrakt pulini viloyat hokimiyatlari va davlat OTMlari tomonidan to`lab berish mexanizmi yaratilmoqda.
Bundan buyon viloyat hokimiyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi har o`quv yilida 100 nafar kam ta`minlangan xotin-qizlarning kontrakt pulini to`lab beradi.
Qarorga binoan, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat va Toshkent shahar hokimliklari har yili o`z hududlaridan birinchi kurs talabalaridan 25 nafariga va 2-4 bosqichlarda o`qiyotgan 75 nafar xotin-qizlarning to`lov-kontraktini to`lab beradigan bo`ldi.
Undan tashqari, moliyaviy barqaror bo`lgan davlat OTMlari boshqaruv kengashi qaroriga asosan 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi o`quv yilida bepul o`qitiladi.
Kam ta`minlangan xotin-qizlar qo`yidagi mezonlar asosida tanlanadi:
- otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar;
- boquvchisi yo`q ehtiyojmand yolg`iz ayollar.
Ushbu toifaga mos keladigan xotin-qizlar test natijalari e`lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida OTMga murojaat etishlari kerak. OTMlar 5 kun ichda ro`yxatni shakllantirib, hokimliklarga ma`lumot yuboradi. Talabgorlarni tanlab olish natijalari “Aziz-ayol.uz” sayti orqali e`lon qilinib boriladi.
Eslatib o`tamiz, ikkinchi va undan keyingi oliy ta`lim olayotgan, xorijiy OTM filialida yoki oliy harbiy ta`lim muassasalari o`qiyotgan xotin-qizlar ushbu toifaga mos kelmaydi.
Mavzuga doir maqolalar:
Yoshlarimizning o`qishga kirish ishtiyoqi nega so`nmoqda: OTM sifati pastmi yoki narx balandmi?
Oliy ta`limga kirish bo`yicha rekord natija Buxoroda emas Xorazmda qayd etildi