Ayol sudyalar tahdid va bosimlardan holimas(mi?)

13.09.2021 20:48

Hozirgi kunda sud tizimida 169 nafar ayol sudya faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning faoliyati sud tizimi uchun qanchalik darajada samara beryapti?

Rost24.uz jamoasi ilk bor tashkil etilgan ayol sudyalar onlayn-forumida ishtirok etdi va ayol sudyalarning ish faoliyatida ularga bo`ladigan bosimlar, oilasiga qilinishi mumkin bo`lgan tahdidlar bilan qiziqdi

Mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan ayol sudyalar soni yildan yilga ko`payib borayotgani tizimda gender tengligiga alohida e`tibor berilayotganini ko`rsatadi. 2017 yilda sudyalik lavozimida ishlagan ayol sudyalar soni 115 nafarni tashkil etgan bo`lsa, hozirgi vaqtda kelib, ular 169 nafarni tashkil etmoqda.

Ayol sudyalar sudya bo`lsa ham bar bir ular ayol, oilada ona. Shu sababdan ularning hayotiga tahdidlar, oilasiga turli xil bosimlar bo`ladimi degan savol bilan sudyalarga murojaat qildik.

Sudyalar Oliy Kengashi sho``ba rahbari Nodira Boboxonova shunday javob berdi:

“O`zbekiston Respublikasi Sudlar to`g`risida”gi qonuni bilan sudyalarning daxlsizligi kafolatlangan. Shu jumladan, ayol sudyalarning ham. Albatta hayotda juda ko`p ishlar olib boramiz va bu ishlarimiz orqali turli xil tahdidlar bo`lib turadi. Og`ir va o`ta og`ir jinoyatlarni ko`ramiz, fuqarolik ishlarini ko`rishda esa juda katta to`qnashuvlar kelib chiqadi, iqtisodiy ishlarni ko`rganda juda katta investisiyalar kiritilgan ishlar bo`yicha nizolarni ko`rishga to`g`ri keladi. Albatta bunday bo`lgandan keyin o`ziga ham oilasiga ham qiyin bo`ladi. Biz bunday ishlarni ko`rayotganda, qonun bilan turli xil daxlsizlik ishlari qilinadi. Jumaladan, uylarini qo`riqlash bu qonunda ham belgilab qo`yilgan.” 

Nodira Boboxonovaning aytishiga qaraganda, o`zida bo`lmasa ham lekin hamkasblarida ish ko`rayotgan vaqtida tahdidlar bo`lgan va bu qonun yo`li bilan tartibga solingan. Hech qachon sudya taraflarning gapi bilan qaror chiqarmasligi, doim o`z vazifasini astoydil adolat bilan qilishi kerak deb so`zini yakunladi.

Ayol sudya bo`lishning qiyinchiliklari ko`p. Ayol bari bir ayol. Balki kun kelib ayol sudyalarimiz sud faoliyatida korrupsiya degan narsani yo`qotar…

  • * * *  

Eslatib o`tamiz, saytimizda ushbu mavzuga doir quyidagi maqolalar qo`yilgan:

Sud tizimidagi ahvol: Murdalarni so`roq qilgan sudyalar jazolanmasligi ma`lum bo`ldi

Prokuratura va Sudyalar kengashi ma`lumotlarini yashirgan sudya fosh bo`ldi

«Murdani tiriltirgan» sudyaga nega chora ko`rilmayapti?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
17.09.2021 23:09
"Балки кун келиб аёл судьяларимиз суд фаолиятида коррупция деган нарсани йўқотар…" Бу жумлани кандай тушуниш керак? Суд тизимидаги барча коррупцион холатлар айнан эркак судьялар томонидан содир этилмокдами?
15.09.2021 13:25
Аел ми , эркак ми хозирги системани азоси.
14.09.2021 16:07
Булар хаммаси сценарий асосида тайёрланган театрлаштирилган сахнаку. Буларга тахдид ва босимлар булмайди. Тахдид, босимлар булмагани учун шу юкори мартабаларда утиришибди. Хакикий холатни билмокчи булсангиз, ёритмокчи булсангиз вилоятларга чикинг, тахдид ва босимлар туфайли нечта нечта нохакликка учраб ишсиз утирган судья аёллар билан сухбатлашинг. Суд тизимини ичига кирмокчи аёл судьяларга булган тахдид ва босимлар хакида билмокчи булсангиз.