Oliy sud raisining farmoyishga binoan, muayyan sabablarga ko`ra reabilitasiya qilinmay qolib ketgan qatag`on qurbonlarining nomlarini oqlash va ularning xotirasini abadiylashtirish masalalari bo`yicha ishlarni amalga oshirish maqsadida ishchi guruhi tuzilgan.
Shuningdek, Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, respublika ishchi guruhi a`zosi B.Hasanov tomonidan 2021 yil 7 yanvar kuni mustabid sovet tuzumi davrida qatag`on qurboni bo`lgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan shaxslarning ro`yxati taqdim qilingan.
Mazkur shaxslarning etti nafariga nisbatan jinoyat ishlari O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining arxivida saqlanayotgani aniqlanib, jinoyat ishlari chaqirtirilgan.
Oliy sudga 2021 yil 24 fevralda 115 nafar shaxsga nisbatan 6 ta jinoyat ishi kelib tushgan bo`lib, ishchi guruhi tomonidan o`rganib chiqilgan.
Mazkur jinoyat ishlarida sud majlisi bayonnomasi yoki sud hujjatlari (hukm yoki boshqacha qaror) mavjud emasligi, ishlarda faqatgina OGPUning uchlik majlisi bayonnomasidan ko`chirma borligi aniqlangan. Jumladan:
1. Nosirxon to`ra (Nasrxan Tyurya Said Kamalxon Tyuryaev) va boshqalarga oid (92 nafar shaxsga nisbatan) jinoyat ishi yuzasidan.
1930 yil 27 oktyabrdagi suddan tashqari OGPUning uchlik majlisi bayonnomasi ko`chirmasiga ko`ra:
Mansurbay Shirgaziev, Mat Ibragim Urunbaev, Djurabay Kar Mir Isxakov, Toxtasun Baltabaev, Xamra Xodja Mallya Xodjaev, Abbasxan Kar Aziz Xodjaev, Xalmirza Umurzakov, Xodjibay Abdubaev, Akramxan Tyurya Mallya Xodjaev, Muxamadiev Axmadsha, Xasanbay Rustamov, Abdu Gani Sadkbaev – O`zbekiston SSR JKning 78, 14-78 va 67-moddalari bilan otib tashlangan.
Abdujalil Mamatshaev, Mulla Fazl Babamuxamedov, Mulla Nugman Karimov, Mulla Sabit Tashmatov, Madat Babakulov, Raimbay Urumbaev, Mulla Usman Kar Dadabaev, Yuldashev Mulla Tadjibay - 10 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;
Mulla Israil Sadkbaev, Mama Zakir Shukurbaev, Mulla Turd Ashirmatov, Abduxalil Abdurazakov, Muxamed Sadk Maxmudbaev, Allyaxan Abdulla Xodjaev - 8 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;
Xasan Xan Nasrxan Tyuryaev, Abdulla Kar Katta Sheyxov - 6 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;
Kurbanbay Yusupbaev, Mulla Djurabay Bachebaev, Imam Ali Kasmbaev, Mamed Ali Said Muratov, Axmed Ali Said Muratov, Damulladjan Abulkasmov, Mulla Alixan Azizbaev, Abdul Axad Nishanbaev, Saydulla Maksudov, Dada Xodja Appak Xodjaev, Mat Ibragim Baratbaev, Mulla Abdulxay Kar Dadabaev, Zikriya Xodja Akramxanov, Abduxalk Abdugafarov - 5 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;
Xodjam Berd Madaminov, Karimbay Saidbaev, Raxmatulla Abdu Vaxabov, Askar Ali Abduvaxabov, Abduraxman Tapildbaev, Muxamedsha Kanoatshaev, Tyuryabay Kadrkulov, Xashimbay Xakimbaev, Mamarasul Tyuryabaev, Ata Mirza Abduraximov, Mulla Abdukadr Mamad Karimov, Payzbay Usmanov, Saidbay Ustababaev, Nuretdin Kar Asadullaev, Mulla Askar Nazarmatov, Sayfetdin Kar Abdujalilov, Baxram Maksudov, Inamdjan Kar Muxamed Aminov, Abdulladjan Kar Madraimov, Mulla Axmad Ali Abdu Fattaxov, Baltabay Urazaliev, Mulla Mumin Rustamov - 3 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;
Isakdjan Alibaev, Isametdin Xodji Nurmamedov, Mulla Mamadjan Karabaev - 2 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;
Nur Muxamed Ustababaev, Barat Uzakbaev, Abdulladjan Madali Xodjaev, Dada Mirza Abduvaxidov, Muetdinxan Shaidxan Xodjaev, Isanbay Urazbaev - 1 yil muddatga konslagerda ozodlikdan mahrum qilingan;
Xodjixan Mulla Karimbaev, Dadadjan Abul Kasmov, Imamxan Mumin Xodjaev, Baba Muxamed Dadadjanov, Shukurbay Shir Aliev, Abdulla Bay Mansurbaev, Xalmamad Ustababaev, Ilmiyamin Yusupbaev, Uzakbay Lolakariev, Akbar Xodji Abdu Vaxabov - O`zbekiston SSR JKning 58, 67, 78, 14-78-moddalari bilan ularning OGPU uchlik majlisiga qadar qamoqda saqlangan vaqtini hisobga olib qamoqdan ozod qilinganlar.
Mavjud ish materiallaridan aniqlanishicha, ushbu jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida o`tgan barcha shaxslar hibsga olingach, dastlab ayblovni inkor qilib kelgan bo`lsa-da, so`ng tayziqlar ostida ayblariga iqrorlik bildirib ko`rsatuv berganliklari so`roq bayonnomasida o`z ifodasini topgan, ularning o`rtasida yuzlashtirish o`tkazilmasdan, faqat bergan ko`rsatuvlari ishga tikilgan.
2. Ibragimbek Chakabaev va boshqalarga oid (16 nafar shaxsga nisbatan) jinoyat ishi yuzasidan.
OGPUning 1932 yil 13 apreldagi bayonnomasidan ko`chirma mavjud. Biroq OGPUning hukmi mavjud emas:
1932 yil 13 aprelda Ibragim bek Chakabaev, Abdukayum Parvanachi Ulaev, Ishan Isaxan Mansurxanov, Alimardon Datxo Muxamedov, Sulayman Salaxutdinov, Kur Artk Ashirov, Mulla Niyaz Parvanachi Xakimov, Mulla Axmad Biy Saidov, Tashmat Xodja Berdiev, Azim Marka Astanakulov, Kuganbek Shiraliev, Shaxasan Imankulov, Mirzakayum Cherov, Kugan Kendjaev, Alyat Palvan Il`mirzaev, Ishan Palvan Baxadur Zadega oid jinoyat ishi OGPU tomonidan ko`rib chiqilib, otib o`ldirish to`g`risida qaror qabul qilingan.
Mazkur jinoyat ishi sud tomonidan ko`rib chiqilmagan, jinoyat ishida sud hukmi yoki bayonnomasi mavjud emas.
3. Teregulov Osman Igmatulovich va boshqalarga oid (4 nafar shaxsga nisbatan) jinoyat ishi yuzasidan.
Ma`muriy surgun qilish Komissiyasining 1922 yil 5 martdagi qaroriga ko`ra, Teregulov Osman Igmatulovich, Yungerov Aleksandr Vasilevich, Muratov Iskandar Isxakovich va Gaynulin Zagidlulla Gayduloevich JK 60-moddasiga asosan aybdor deb topilishib, O.Teregulov - 3 yil konslagerda, A. Yungerov 2 yil konslagerda jazo o`tashi belgilangan;
I.Muratov va Z.Gaynulin javobgarlikdan ozod qilinib, Turkiston, Bashkiriya, Tatariston va Kavkaz Respublikalarida yashash huquqidan mahrum qilingan.
Xorazm Respublikasi favqulotdagi sessiyasi Oliy Revolyusiya Tribunali tomonidan 1922 yil 18 noyabr kuni JK 40-moddasiga asosan Teregulov Osman Igmatulovich, Yungerov Aleksandr Vasilevich, Muratov Iskandar Isxakovich va Gaynulin Zagidlulla Gayduloevich otishga hukm qilingan.
Ushbu holatlar yuzasidan jinoyat ishlari alohida ish yurituvga ajratilgan.
4. Daminov Latifga oid jinoyat ishi yuzasidan.
SSSR Oliy sud harbiy hay`ati sayyor sudining 1938 yil 15 oktyabrdagi hukmiga ko`ra, L.Daminov - otishga hukm qilinib, mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.
1938 yil 15 oktyabrdagi ma`lumotnomaga ko`ra, Daminov Latifni otish haqidagi hukm ijrosi amalga oshirilgani ko`rsatilgan.
5. Sultanov Gafurga oid jinoyat ishi yuzasidan.
1930 yil 27 oktyabrdagi Markaziy Osiyo Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashi qarori bilan O`zbekiston SSR JK 58-modda 2-qismi (qurolli to`dalar, sovet hududiga qurolli qo`zg`olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda bostirib kelishi) va 59-modda
3-qismi (Chet el davlatlari bilan aksilinqilobiy maqsadlarda aloqada bo`lish) bo`yicha aybdor deb topilgan va otuvga hukm qilingan.
6. Kiramov Kivamga oid jinoyat ishi yuzasidan.
SSSR Oliy sudi harbiy hay`atining 1938 yil 9 oktyabrdagi hukmiga ko`ra, JK 58,64 va 67-moddalari bilan K.Kiramov otuvga hukm qilinib, barcha mol-mulki musodara qilingan.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o`rinbosari tomonidan yuqorida ko`rsatilgan jinoyat ishlari yuzasidan tegishli tartibda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atiga protestlar keltirilgan.
2021 yil 25 avgust kuni ushbu jinoyat ishlari Oliy sud raisi o`rinbosari Ikrom Muslimov raisligida o`tkazilgan ochiq sud majlislarida ko`rib chiqilib, keltirilgan protestlar qanoatlantirildi va JPKning 83-moddasiga asosan jami 6 ta jinoyat ishi bo`yicha 115 nafar shaxs oqlandi.
Shu asnoda adolat qaror topdi, yillar mobaynida yuzaga chiqmay kelgan haqiqat musaffo osmonimiz uzra tantana qildi. Bugungi mustaqil va obod hayotimiz yo`lida fidokorona kurash olib borgan, hatto o`z jonini fido qilgan qatag`on qurbonlarining pok nomlari xalqimiz qalbida mangu yashaydi.
Eslatib o`tamiz, Rost24.uz axborot-tahliliy sayti tomonidan mustaqilligimiz uchun kurashgan, tarixda “bosmachilar” nomi bilan qoralangan vatanparvarlarimiz nomini oqlash borasida bir nechta material e`lon qilingan edi.
1. “Oliy sudga e`tiroz: Nega 30 yildan buyon millatimiz qahramonlarini oqlamayapsiz?”
2. Millatimiz qahramonlari oqlanadimi? Rost24.uz ko`targan masalaga Oliy sud munosabat bildirdi
3. “Oliy sud O`zbekistonning qatag`on va paxta ishi qurbonlarini oqlamoqchi”