Saytimizda “O`zagrosug`urta” sobiq rahbarlari o`zaro kurashlarda oddiy xodimlarni “qurbonlik” qilishmoqdami?" sarlavhasi bilan tanqidiy maqola e`lon qilingan edi.
Ushba maqolga “O`zagrosug`urta” AJ matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Munosabatda “O`zagrosug`urta” AJ tizimida o`tkazilgan taftish natijalariga ko`ra aniqlangan moliyaviy holatlar yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergov harakatlari amalga oshirilib, ish sudga oshirilgani bayon etilgan.
“Mazkur holatda Jamiyat rahbariyati xodimlarni asossiz jazoga tortish yoki kimnidir “qurbonlik” qilish maqsadini ko`zlamagan. Aksincha, sug`urta mukofotlarining to`g`ri shakllantirilishi hamda mijozlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida sug`urta tovonlarini o`z vaqtida to`lab berilishini ta`minlash bilan bog`liq Kompaniya zimmasiga olingan majburiyatlar ko`zda tutilgan”, – deyiladi “O`zagrosug`urta” tomonidan berilgan izohda.
Shuningdek, hozirgi paytda davom etayotgan sud jarayonlari tugashi bilan mazkur ishga aloqador bo`lgan har bir xodim faoliyatiga huquqiy baho berilishi ham aytilgan.