Agrobank tanqidiy maqolaga raddiya bildirdi

07.08.2023 09:33

Rost24.uz saytida Agrobank” mas`ullariga ishonch bormi? “Ishonch yo`q” demoqda fuqarolar” sarlavhasi ostida maqola e`lon qilingan edi.

Ushbu tanqidiy maqolaga “Agrobank” matbuot xizmati raddiya bildirdi:

“Mijoz tomonidan taqdim etilgan xujjatlarda bir qancha kamchiliklar mavjudligi sababli ushbu kamchiliklar bartaraf etilib, qayta kiritilishi uchun Anderrayter tomonidan qaytarilgan. Bu haqida mijoz bank xodimlari tomonidan xabardor qilingan bo`lsada, biroq ushbu kamchiliklar bartaraf qilinmaganligi sababli kredit ajratilmagan. Shu bilan birga mijoz hujjatlarining bazaga kiritilishi kredit olishda 99 foiz kafolatni bermaydi.

Bank boshqaruvining 2021 yil 29 dekabrdagi 139/1-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Kredit arizalarini markazlashgan tarzda ko`rib chiqish va qaror qabul qilish tartibi to`g`risida”gi yo`riqnomaga asosan Anderrayter tomonidan tadbirkorlik faoliyati sub`ektlarining kredit arizalarini ekspertizadan o`tkazish va xulosa berish kredit ishiga oid barcha hujjatlar to`liq olingan hamda ular bo`yicha savol yoki e`tirozlar qolmagan sanadan boshlab belgilangan muddatlardan oshmasligi kerak.

Mijoz kredit olishga muvaffaq bo`lgani uchun Norin tuman IHHQ bo`limi rahbari nomiga yozilgan tashakkurnomaga kelsak, bu Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining o`ziga ayon va o`zigagina taalluqli bo`lgan ish. 

O`zbekiston Respublikasi Iste`molchilar xukuklarini ximoya kilish federasiyasining ma`lumotlarni tarqatgan mas`ul xodimi "Jamoatchilik nazorati to`g`risida"gi Qonun talabini buzgan holda bankning ishchanlik obro`siga putur etkazishi mumkin bo`lgan haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarni tarqatgani uchun asosli ravishda intizomiy javobgarlikka tortilgan va Federasiya tomonidan uzr so`ralgan”deyiladi “Agrobank” Matbuot xizmatining raddiyasida.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар