Til departamenti tugatildi, ammo jamg`armaga 5 mlrd. so`m ajratilgan

02.01.2023 16:01

RASMIY MA`LUMOT: til departamenti Prezident Farmoniga ko`ra tugatildi, ammo jamg`armaga 5 milliard so`m mablag` ajratilgan.

Ma`naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tugatildi, ammo o`zbek tilini rivojlantirish jamg`armasi uchun 5 mlrd. so`m mablag` ajratilgan.


Vazirlar Mahkamasining axborot xizmati vakili rost24.uz saytiga Ma`naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti PF-269-son farmon bilan tugatilganini ma`lum qildi.
 
2023 yilning Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan byudjetida o`zbek tilini rivojlantirish departamenti uchun 5 mlrd. so`m mablag` ajratilgani ko`rsatilgan.

Mazkur mablag` qaysi departament tomonidan nima uchun sarflanishi bo`yicha hozircha, biron rasmiy manba aniqlik kiritgan emas.

Eslatib o`tamiz, saytimizda bundan oldin, "Sobir Shukurov davlat tilini rivojlantira oladimi?

Yoxud tobora abgor bo`lib borayotgan tizimni yanada yo`qlikka mahkum qilish uchun rahbar qo`yildi…(mi?)" maqolasi e`lon qilingan edi. 

Shuningdek, "Toshbo`ron ostida qolayotgan o`zbek tili: Sobir Shukurovning ishlash vaqti hali kelmadimi?" maqolalari nashr etilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
04.01.2023 00:31
O'ZBEKISTONDA DAVLAT TILIGA E'TIBOR KUCHAYTIRILISHI SHART.