Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vaziri o`rinbosari, polkovnik Bekmurod Abdullaev o`z fikrlarini bildirib o`tdi:
— Bir norasidani voyaga etkazish qancha mashaqqat talab etadi?! Eslasam, hamon yuragim og`riydi. Bu holat haqiqiy sovuqqonlik bo`ldi. Xatoga yo`l qo`ygan xodimlar qamoqqa olindi. O`zim boshchiligimda attestasiya komissiyasi tashkil etildi. Xodimlar to`liq shahodatlashdan o`tadi. Tan olaman, bu voqea tizimni kechirilmas xatosi bo`ldi. Bir yil oldin O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan «Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markazlari to`g`risida»gi nizomni ishlab chiqishda bosh qosh bo`lganmiz. Mas`uliyatni bo`ynimizga olganmiz. Prezidentga mazkur tizimni "ipidan ignasigacha" to`g`ri tashkil etish uchun so`z berganmiz. Prezident oldida ham uyatlimiz. Ishoning, agar shu bolaning hayotini saqlab qolish uchun kerak bo`lsa, men hech ikkilanmay, o`z lavozimimdan voz kechardim, – degan O`zA agentligiga Bekmurod Abdullaev.
Eslatib o`tamiz, Farg`ona viloyati Uchko`prik tumanining «Sulton» MFY, Sulton qishlog`ida yashagan, 2007 yilda tug`ilgan R.A. 2022 yilning 16 oktyabrida Buvayda tumanining Yangiqo`rg`on qishlog`ida joylashgan «Ansor» savdo majmuasiga ota-onasining nazoratisiz aylangani borgan. R.A. mazkur majmuada o`g`irlik qilmoqchi bo`lganida IIB xodimlari tomonidan ushlangan va Qo`qon shahridagi Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markaziga yuborilgan. 17 oktyabr kuni R.A.ning sog`lig`i yomonlashib, hushidan ketganligi sababli unga tez tibbiy yordam ko`rsatilgan, biroq shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida bola vafot etgan.
Saytimizda mazkur mavzuda doir materiallar ham e`lon qilingan:
1. IIB tomonidan o`ldirilgan fuqarolar haqida ma`lumotlar nega ochiqlanmaydi?