Senat ham xalqni aldadi, bu xalq endi kimga ishonsin...

14.10.2022 16:38

G`afur G`ulom bog`i hamon ishga tushgani yo`q — Yolg`onchi senatorlar oylar nomini unutib qo`yishdimi?

"Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi a`zolari G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqib o`rgandi. O`rganish natijalari ko`rsatganidek, bugungi kunda “BMP Smart Decision Private Limited” xorijiy kompaniyasi tomonidan bog` hududida rekonstruksiya qilish, bino inshootlarini qurish va xorijdan olib kelingan attraksionlar hamda o`yin qurilmalarini o`rnatish ishlari olib borilmoqda va shu maqsadda 71 mlrd so`m mablag` sarflangan.

G`afur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`i joriy yilning birinchi sentyabridan ishlay boshlaydi.

Bog` hududida olib borilayotgan ishlari Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasining doimiy nazoratida". 

Bu O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati bayonoti. 

Biroq mana oktyabr oyi ham boshlandiki, bog` ishlashidan darak yo`q. 

Avvalo, har bir davlatda tuzulmasida tizim ishlashi kerak. Shunda amaldorlarning xalqni aldashiga, quruq va`dalar berishiga hojat qolmaydi. Ammo bizda bu amaldagilarni tiyib turish nazorat richagi afsuski, mustahkam emas ekan.  

Iyul oyida soxta singapurlik investorga tegishli firma G`afur G`ulom bog`i ochilishini sentyabrga qoldirgan edi. Bu va`dani investorga ishongan Oliy Majlis Senatorlari berishgan.

photo_2022-07-24_01-39-00.jpg

4 yildan beri ochilishni kutayotgan G`afur G`ulom bog`i yoz-u qishlarni, bir nechta sentyabr, bir necha yozlarni o`tkazdi. Bajarilmasa, va`da berib nima qilasiz, janob senatorlar?! Undan ko`ra, bog` qachon ochilishini bilmaymiz, tadbirkorlarga bizni kuchimiz etmaydi, degan ma`qul emasmi?! 

photo_2022-07-24_01-39-05.jpg

Senatning bog` haqidagi oxirgi va`dasi ham kutilganidek bajarilmadi, Senat esa nazorat qilish o`riniga sukut ichiga cho`mgan. O`zbekistonda jim turish ham ko`p narsalar sekingina bosdi-bosdi bo`lib ketishiga sabab bo`lishi ko`p bora o`z isbotini topgan. 

Bog` haqidagi maqolalar: 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
12
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
15.10.2022 19:10
"Parlament" so`zi fransuzcha "parle" - "gapirmoq, aldamoq" so`zidan hosil bo`lgan, tak chto parlamentdagilardan xafa bo`lmang, ular o`z vazifalarini to`kis bajarishvotti
15.10.2022 15:17
Сенаторлар ишлашни билмайди, хоммаси призидент оғзига қараб туришади, чапаквозликдан нарига ўтишмайди лекин халқ хисобида миллионлаб ойлик маош олиб ўз шахсий муомаларини хол қилиб ўтиришибди ман сенаторман деб.
14.10.2022 22:46
1