Har bir viloyat hokimiyati 100 nafar xotin-qizlarning kontrakt pulini to`lab beradi

20.09.2021 22:14

Vazirlar Mahkamasining qarori asosida kam ta`minlangan xotin-qizlarning kontrakt pulini viloyat hokimiyatlari va davlat OTMlari tomonidan to`lab berish mexanizmi yaratilmoqda.

Bundan buyon viloyat hokimiyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi har o`quv yilida 100 nafar kam ta`minlangan xotin-qizlarning kontrakt pulini to`lab beradi.

Qarorga binoan, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat va Toshkent shahar hokimliklari har yili o`z hududlaridan  birinchi kurs talabalaridan 25 nafariga va 2-4 bosqichlarda o`qiyotgan 75 nafar  xotin-qizlarning to`lov-kontraktini to`lab beradigan bo`ldi. 

Undan tashqari, moliyaviy barqaror bo`lgan davlat OTMlari boshqaruv kengashi qaroriga asosan 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi o`quv yilida bepul o`qitiladi.

Kam ta`minlangan xotin-qizlar qo`yidagi mezonlar asosida tanlanadi:

- otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar;

- boquvchisi yo`q ehtiyojmand yolg`iz ayollar.

Ushbu toifaga mos keladigan xotin-qizlar test natijalari e`lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida OTMga murojaat etishlari kerak. OTMlar 5 kun ichda ro`yxatni shakllantirib, hokimliklarga ma`lumot yuboradi. Talabgorlarni tanlab olish natijalari “Aziz-ayol.uz” sayti orqali e`lon qilinib boriladi.

Eslatib o`tamiz, ikkinchi va undan keyingi oliy ta`lim olayotgan, xorijiy OTM filialida yoki oliy harbiy ta`lim muassasalari o`qiyotgan xotin-qizlar ushbu toifaga mos kelmaydi.

 

Mavzuga doir maqolalar:

Yoshlarimizning o`qishga kirish ishtiyoqi nega so`nmoqda: OTM sifati pastmi yoki narx balandmi?

Oliy ta`limga kirish bo`yicha rekord natija Buxoroda emas Xorazmda qayd etildi

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
22.09.2021 07:38
Erkaklarni xo'rlayvermangsizlar! Bizning ham uvolimiz bor !!!
22.09.2021 07:35
Nima uchun bolalikdan nogiron farzandni yolg'iz tarbiyalagan onaga mehnat staji belgilanadi-yu, xuddi shunday vaziyatdagi otaga yo'q?
22.09.2021 07:25
Yigitlarning nima aybi bor? Aybi yigitligimi? Hurmatl o'tag'asi va kayvonilar, qani gender tengligi, yoki u erkaklarga taalluqli emasmi?
21.09.2021 14:48
Men ABDISALOMOVA Nasiba Yoshlar daftariga kirish böyicha onlayn shikoyat xati yuborganman ammo javob berishmayapti 16.09.2021 yil yuborganman .Men Shu yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga Kontrakti asosida öqishga qabul qilindim .Mening ota onam olamdan ötishgan menga Kontrakti pulini toʻlashda moddiy yordam berishingizni va yoshlar daftariga kiritishingizni sörayman.
21.09.2021 07:50
Ko'rayapmiz, kimlarga berilishini. Latifa: Chukotkalik Bering bo'g'oziga kelib Alyaskaga baqirar ekan:Kambag'allar. Alyaskaga puli yetgan, Chukotkaga yetmagan. Bizda ham amaldorlar qimmat xizmat mashinasiga pul bor, joylarga borishga benzinga pul yo'q