BMTning Gulnora Karimovaning hibsga olinishi bo`yicha e`tiroziga O`zbekiston hukumati munosabat bildirdi

09.07.2025 18:06

BMT qo`mitasi Gulnora Karimovaning O`zbekistonda hibsga olinishi o`zboshimchalik bilan qilingan deya baholagan edi. Bunga javoban Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublika milliy markazi rasmiy bayonot taqdim etdi. 

Xabarga ko`ra, Gulnora Karimovaga nisbatan barcha jinoiy ishlar jinoyat va jinoyat-prosessual qonunchilik normalariga qat`iy rioya qilgan holda, shuningdek, mamlakatning xalqaro majburiyatlarini, jumladan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risidagi xalqaro pakt qoidalarini inobatga olgan holda qo`zg`atilgan hamda ko`rib chiqilgan.

Himoyaga bo`lgan huquq va odil sudlov huquqi jinoyat prosessining barcha bosqichlarida ta`minlangan. G. Karimova mustaqil ravishda tanlangan yoki belgilangan tartibda tayinlangan himoyachilarga murojaat qilish huquqiga ega bo`lgan. Jinoyat ishiga oid materiallar bilan tanishish, qarorlar ustidan shikoyat qilish hamda himoyachi bilan muloqotning maxfiyligi tamoyiliga rioya qilingan.

Uning 2014 yilda go`yoki o`zboshimchalik bilan hibsga olingani, uzoq muddat uy qamog`ida saqlangani, "oshxonadagi sud" va boshqa shu kabi da`volar asossizligi ta`kidlandi. Barcha prosessual harakatlar va sud muhokamalari prosessual qonunchilik normalari va talablariga to`liq muvofiq holda o`tkazilgan. Hozirgi vaqtda mahkuma sud qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega, deyiladi xabarda.

Shuningdek, 2022 yilda Shveysariya Konfederasiyasi bilan O`zbekiston Respublikasi Hukumati o`rtasidagi Bitim doirasida G.Karimova ilgari jinoiy yo`l bilan orttirgan va qaytarilgan moliyaviy mablag`lardan O`zbekiston hukumatining islohotlar dasturini qo`llab-quvvatlash va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun foydalanish maqsadida "Vision 2030" jamg`armasi tashkil etilganini ta`kidlangan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар