Qozog`istondagi ikki qishloq kuydirgi sabab karantinga olindi

09.07.2025 15:46

Qozog`istonning Oqmo`la viloyati, Otbosar tumanidagi ikki qishloq kuydirgi kasalligi sababli karantinga olindi.

Iyun oyi oxirida Qozog`iston Sog`liqni saqlash vaziri Aqmaral Alnazarova Otbosar tumanida 4 kishi kuydirgi kasalligiga chalingani haqida xabar bergan edi. Bemorlarning ahvoli o`rtacha og`ir deb baholandi. Vazir ularga zarur tibbiy yordam ko`rsatilayotganini aytdi. Epidemiyaga qarshi choralar ko`rildi. Shu bilan birga, Alnazarova viloyatda karantin joriy etilmasligini aytdi.

8 iyul kuni ma`lum bo`lishicha, Otbosarda karantin joriy etilgan. Cheklov choralari dastlab kuydirgi kasalligi aniqlangan qishloqlarda joriy etilgan. U erda 19 nafar infeksiya aniqlangan, bir kishining ahvoli og`ir.

«U erga chorva va odamlar kirmasligi kerak. Biz hududni o`rab oldik, to`siq qo`ydik. Respublika epizootiyaga qarshi otryad dezinfeksiya, qayta ishlash va utilizasiya qilishni boshladi. Laboratoriya natijalarini olishimiz bilan 1 iyuldan darhol karantin joriy qildik. U erda 19 bemor (bir nafari og`ir ahvolda) bor. Ular kuzatuv ostida, hammasi tuzalib ketmoqda, sog`liqni saqlash tizimi ularni kuzatib bormoqda», dedi qishloq xo`jaligi vaziri Aydarbek Saparov hukumat brifingida.

Uning so`zlariga ko`ra, qishloqlarda karantin 15 kun davom etadi. Shundan so`ng, sinov uchun yangi namunalar olinadi. Agar kuydirgi borligi tasdiqlanmasa, karantin choralari bekor qilinadi.

Keyinroq, vazirlik Aydarbek Saparov xato gapirganiga aniqlik kiritdi. Matbuot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, 19 kishidan tahlillar olingan: ettita holatda kuydirgi kasalligi aniqlangan, qolgan 12 nafarida salbiy natija qayd etilgan.

Bu o`zi qanday kasallik?

Kuydirgi – Bacillus anthracis bakteriyalari keltirib chiqaradigan og`ir yuqumli kasallik. Bu bakteriyalar odatda tuproqda yashaydi va hayvonlarga ta`sir qiladi — ham uy, ham yovvoyi. Odamlarda kasallik hayvon yoki uning axlati bilan aloqada bo`lish, yaxshi pishirilmagan go`shtni iste`mol qilish orqali uchta shaklda paydo bo`lishi mumkin: teri, oshqozon-ichak va o`pka. Kasallik odamdan odamga yuqmaydi.

Kasallikdan himoyalanish uchun go`shtni faqat ishonchli joylarda, veterinariya nazorati ostidagi do`konlar va bozorlarda sotib olish tavsiya qilinadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар