Xorazmdagi ko`zbo`yamachilik holatini deputatlar ham tasdiqladi

03.09.2021 12:22

Rost24.uz axborot saytiga joriy yilning 26 avgust kuni joylangan "Ko`zbo`yamachilik: Prezidentni va aholini aldaganlar" nomli reportajga xorazmlik deputatlar ham munosabat bildirishdi.

Unda Xorazm viloyat kengashi deputati Madrahimboy Madrahimov hamda Urganch shahar kengashi deputati Shavkat Rajapov 4 ta 9 qavatli bino atrofini ko`zdan kechirib, aholi bilan uchrashib qaytgani haqida fikr bildirilgan. Dastlabki muammo, ya`ni atrof-muhitning obodonlashtirish "Urganch qurilish beton" MChJ zimmasida ekani, buning uchun mazkur MChJ ga belgilangan 571 mln. 444 ming 024 so`m mablag`ning 85 foizi berilganini ma`lum qilgan.

Shuningdek, deputatlar saytimiz tomonidan sanab o`tilgan muammolarning barchasini tasdiqlagan holda yangi liftlarning boshqaruv xonasini ko`zdan kechirganini, sim va uskunalar texnika xavfsizligiga mutlaqo javob bermasligi, bu kabi sifatsiz liftlarga mablag` sarflayotganlarga achinib byudjet mablag`larini isrofgarchiligi, deb baholashgan. Deputatlar tomonidan internet hamda telefon liniyalarini ishga tushirish bo`yicha ham tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilgan.

Ushbu shaharchada yana 6 ta 9 qavatli binolar qad rostlamoqda, deputatlar bu uylarning qurilishida jamoatchilik nazoratini o`rnatib, aholiga sifatli uylarda yashashlari uchun bor imkoniyatlarini va salohiyatlarini ishga solib, xalqqa ko`makchi bo`lishini ta`kidlashgan.

Rost24.uz sayti mazkur muammoning qanday bartaraf etilishini kuzatishda davom etadi.

Eslatib o`tamiz,  "Ko`zbo`yamachilik: Prezidentni va aholini aldaganlar" reportajimizda Xorazm viloyatining Urganch shahrida qurilgan 9 qavatli uylarga Prezident Shavkat Mirziyoev tashrif buyurgani, mazkur holat davlat telekanallarida yoritilgani, ammo bugun mazkur ko`pqavatli uy abgor ahvolda qolgani ko`rsatilgan edi. Shuningdek, reportajda Prezident kirib ko`rgan xonadon shu ko`pqavatli uyni qurgan quruvchining o`ziniki ekani ma`lum qilingandi. Ko`zbo`yamachiliklar haqida reportaj ijtimoiy tarmoqlarda ko`plab fikr mulohazalar bildirildi. Urganch shahar hokimligi esa mazkur muammolarni bartaraf etish uchun IShChI GURUH tuzilganini xabar qilib, keyinchalik olib borilgan ishlar yuzasidan batafsil ma`lumot berilishini ma`lum qilgan edi. 
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
03.09.2021 20:08
Депутатлар доимгидек энг охири хабар топишибди