“Biznesni rivojlantirish banki” boshqaruv  xodimlari Vengriya tajribasi bilan tanishdi

23.04.2024 18:36

Kuni kecha “Biznesni rivojlantirish banki”ning bir guruh  boshqaruv xodimlari Vengriya Respublikasining kichik biznesni moliyaviy qo`llab-quvvatlash borasidagi tajribasi bilan tanishib qaytdilar.

Xususan, bank vakillari Vengriya moliya bozori etakchisi OTP bank ofislarida bo`lib, ularda tadbirkorlarga xizmat ko`rsatish jarayonlari va taklif qilinayotgan xizmatlar bilan tanishdilar. 

Shuningdek, Vengriya Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashuv o`tkazildi. Muloqotda Palataning  kichik biznes vakillariga ko`maklashishdagi ishtiroki, tadbirkorlarni moliyaviy  qo`llab-quvvatlash  borasida tatbiq etilayotgan loyihalar haqida axborot berildi.

Bundan tashqari kichik va o`rta biznesni rivojlantirish yo`nalishida faoliyat yuritadigan "Kavos" kompaniyasi faoliyati  bilan ham tanishildi.

Safar davomida bank tizimini takomillashtirishga ixtisoslashgan kompaniyalar va  biznesga xizmat ko`rsatishni raqamlashtirishga doir IT loyihalar va soft dasturlarning   taqdimotlari ham bo`lib o`tdi.

Bank vakillari NCR  brendi ostida bankomatlar etkazib beruvchi "Ennoconn Hungary" kompaniyasidagi ishlab chiqarish jarayonlariga ham guvoh  bo`ldilar.

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB mazkur  safar davomidagi  muhokamalar va dastlabki  kelishuvlar asosida kelgusida  Vengriya  kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashni  rejalashtirmoqda. 

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар