"Biznesni rivojlantirish banki" jamoatchilikka hisobot berdi

02.04.2024 11:52

2024 yil 1 aprel kuni“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2023 yildagi faoliyati yakunlariga bag`ishlanganmatbuot anjumani o`tkazildi. Unda bank Boshqaruvi rahbariyati, tarkibiy tuzilmalar mas`ul xodimlari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari  ishtirok etdi.

Tadbirda qayd etildiki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining           2023 yil 4 sentyabrda “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yil 18 avgustdagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Shu orqali yurtimizda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o`z faoliyatini yo`lga qo`ygan tadbirkorlik sub`ektlari loyihalarini kengaytirish va yangi kichik biznes loyihalarini ishga tushirish bo`yicha muhim qadam tashlandi.

Bu boradagi islohotlar izchilligini ta`minlash maqsadida, qaror bilan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi. Uning faoliyat yo`nalishi kichik biznes sub`ektlarining loyihalarini moliyalashtirish va ularga kompleks xizmatlar ko`rsatishga mo`ljallandi. 

Bank huzurida xalqaro moliya institutlarining mablag`lari va xususiy investisiyalarni jalb qilish orqali istiqbolli kichik biznes loyihalarini amalga oshiradigan “Kichik biznesni rivojlantirish jamg`armasi” tashkil etildi.

Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kichik tadbirkorlik sub`ektlariga biznes loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va ishga tushirishga ko`maklashish, ularga konsalting xizmatlarini ko`rsatishga mas`ul bo`lgan 14 ta “Kichik biznesga ko`maklashish markazlari” faoliyati yo`lga qo`yildi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institusional qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi, 2023 yilning 15 noyabridagi “Aholini kichik va o`rta biznesni keng jalb qilishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorlariga muvofiq, kichik va o`rta biznesni moliyaviy qo`llab-quvvatlash va aholida tadbirkorlik ko`nikmalarini shakllantirish bo`yicha yaxlit tizim joriy etildi.

Matbuot anjumanida mazkur qarorlar ijrosi doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida axborot berildi. 

Xususan, bank tomonidan yangicha tizimda rivojlangan davlatlar ijobiy tajribalarini amaliyotga joriy qilish maqsadida Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, KPMG xalqaro ekspertlari jalb qilingani bildirildi.

Kichik biznesni moliyalashtirish hamda ko`rsatiladigan moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish, xodimlar malakasini oshirish bo`yicha Rossiya Sberbanki va Kichik va o`rta tadbirkorlikni rivojlantirish federal korporasiyasi va “MSP Bank” bilan hamkorlik yo`lga qo`yildi. 

Biznes vakillari uchun 8 turdagi moliyaviy mahsulot va 12 ta konsultativ xizmatlar ishlab chiqildi. 

Tadbirkorlarni o`qitish dasturi ishlab chiqildi va ushbu jarayonlarda Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yaponiyaning Yamagata universtiteti bilan hamkorlik yo`lga qo`yildi. 

Tadbirkorlarni o`qitish ularga moliyaviy konsultativ xizmatlar ko`rsatish, mahsulot va xizmatlarni sotish, investisiyalarni jalb qilish imkonini beruvchi onlayn biznes platforma ishlab chiqildi.

Ta`kidlanganidek, 2024 yil 1 yanvar holatiga bankning umumiy kapitali 3  trln. 180 mlrd. 200 mln.so`mni tashkil etgan bo`lsa, ustav kapitali 1 trln. 856 mlrd. 800 mln. so`mnibankning aktivlari 27  trln 62 mlrd 900 mln. so`mni tashkil etdi.

Depozitlar miqdori 6,7% foizga o`sib 9 trln. 418 mlrd 700 mln. so`mni tashkil etdi. Shundan qisqa muddatli 1 trln. 348 mlrd. 900 mln. so`mni, uzoq muddatli 8 trln. 69 mlrd 700 mln.so`mdan iboratdir.

Hisobot sanasiga 3 trln.  691 mlrd. 300 mln. so`m daromad olindi.  Bankning sof foydasi 236 mlrd. so`mni tashkil qildi. 

Hisobot davrida bankning jami mijozlar soni – 1 581 477 taga etdi. Shundan jismoniy shaxslar – 1 517 617 taga, yuridik shaxslar - 63 860 taga etdi.

Bank tomonidan 2023 yilda 6,5 trln. so`m kredit mablag`lari ajratildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari davomida tasdiqlangan bayonlar va boshqa hududiy dasturlarga asosan 2023 yilda433 ta loyihalarga 1 trln. 465,5 mlrd. so`m (shundan, 2023 yilning yanvar-dekabr oylarida 171 ta loyihaga 482 mlrd. 300  mln. so`m) miqdorida kredit mablag`lari ajratilgan bo`lib, jami 2 trln. 200 mlrd. 200 mln. so`mlik (shundan, bank krediti 1 128,3 mlrd. so`m) 425 ta loyihalar ishga tushirildi va natijada 5 036 ta yangi ish o`rinlari yaratildi.

2023 yil yakuni bilan bank tomonidan 163 mln. 700 ming  AQSh dollari miqdoridagi xorijiy kredit liniyalari mablag`lari jalb qilindi.

Bank tomonidan barcha manbalar hisobidan 1 trln.  250 mlrd. so`m miqdorida  ipoteka kreditlari ajratildi.

O`tgan yilda bankka ISO 37001:2016 – “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining xalqaro standarti” joriy qilingani tasdiqlanib, xalqaro va milliy sertifikatlar topshirildi.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. 

Reklama

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар