Avtotransportni ro`yxatga olish narxining 68 barobarga oshirilishiga odamlarning fikri qanday?

25.04.2024 19:26

O`zbekistonda 1 apreldan avtomobillarni ro`yxatdan o`tkazish va qayta ro`yxatdan o`tkazish uchun to`lovlar 68 baravar (34 ming so`mdan 2.32 mln so`mgacha), elektromobillar uchun esa 15 baravarga oshishi tasdiqlangan edi. 

Rost24.uz ushbu mavzu bo`yicha odamlar fikrini o`rgandi.

Avtomobillarni ro`yxatga olish 68 barovarga ko`tarildi. Bu haqida fikringiz qanaqa?

- Juda baland. Qonun chiqarayotgan odamlar ham vaziyatni ko`rib chiqishi kerak-da oldin.

- Elekrtromobil olganman. Oldin 100 mingga ham bormasdi, lekin hozir 500 ming atrofida bo`lyapti. 68 baravar, bu menimcha xalqni qiynash. 

- Bu judayam noto`g`ri. Bu masalani ko`tarmoqchi bo`lsa sabab ko`rsatilishi kerak. Nima uchun 68 baravarga ko`tarildi? O`zbekiston mustaqil bo`lgandan beri narx bu darajada ko`tarilgan emas. Buni ko`tarayotgan mutasaddilar xalqni ham o`ylab ko`rishi kerak edi. 

- Pensionerlarga qiyin. Qarz olib kelyapman. Pensionerlarga imtiyoz bo`lsa ham mayli edi. 

Elekrtromobil uchun  15 baravar ko`tarilgan narx, oddiy mashinalar uchun 68 baravarga ko`tarildi. Bu qanchalik to`g`ri?

- Bu menimcha, elektromobillarni rivoji uchun qo`yilayotgan birinchi qadamdir. Buni ham xalq muhokamasiga qo`yish kerak.

- Elektromobilni puli bor haydaydi. Oddiy o`zimizdan chiqayotgan mashinalar ko`tarilishi xato. 

- Elektromobillarni biz pensionerlar ololmaymiz-da. 

- Hozirgi miqyosda olib qaraydigan bo`lsak, to`g`ri. Elektr energiya oshadi, degani bu menimcha.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар