Bankda moliyaviy mahsulotlarni raqamlashtirishda Sberbank tajribasi qo`llanilmoqda

25.04.2024 18:54

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Sberbank faoliyatining ilg`or xalqaro tajribasini o`rganish va yangi mahsulotlarining turlarini joriy etish bo`yicha hamkorlikni yo`lga qo`ydi.

Xususan, bank tomonidan kichik biznesni moliyalashtirish va ko`rsatiladigan moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish bo`yicha Rossiya Sberbanki tajribasi o`rganildi hamda hamkorlik aloqalari o`rnatildi.

Hamkorlik doirasida Sberbankning "dasreda.ru" platformasi misolida tadbirkorlar uchun platforma ishlab chiqilmoqda.

Platforma tadbirkorlarga masofadan davlat ro`yxatidan o`tish, hisob raqam ochish, Internet do`kon orqali biznesni raqamlashtirish uchun dasturlarni sotib olish, onlayn o`quv kurslari, mahsulot va xizmatlar sotishda hamkorlarni aniqlash, yosh tadbikorlar va innovasion g`oyalar uchun investorlarni topish kabi imkoniyatlarni beradi.

Bankda professional va kreativ fikrlovchi mutaxassislar tayyorlash maqsadida Sber universitet bilan doimiy hamkorlik o`rnatilgan.

“Biznesni rivojlantirish banki”ni transformasiya qilish dasturini amalga oshirishda Sberbankning "SberGile" jamoasi bilan amaliy ishlar olib borilmoqda. Buning uchun bankni Agile--transformasiya qilish kompleks rejasi ishlab chiqildi.

Agile-transformasiya doirasida bankda samarali va moslashuvchan agile jamoalarini tashkil etish, korporativ madaniyatni hamda mahsulot va xizmatlarini yaratishda yondashuvni o`zgartirish ishlari olib borilmoqda.

Transformasiya doirasida amalga oshirilayotgan o`zgarishlar mijozlar uchun eng maqbul mahsulotlarni yaratish ishlarining tezkorligini va samaradorligini ta`minlaydi.

Sberbankning o`zini o`zi band qilgan fuqarolarga mo`ljallangan platformasi misolida "Mening biznesim" elektron platformasi joriy etildi.

Ushbu platforma aholiga o`zini o`zi band qiluvchi sifatida masofadan ro`yxatdan o`tish, kasb-hunarga o`qish, biznesini yo`lga qo`yish uchun kredit olish, mahsulotini sotish va xizmat ko`rsatish uchun buyurtmachilarni topish ishlarini osonlashtiradi.

Sberbankning Sber TECH kompaniyasi misolida bankning "BRB-TECH" IT-kompaniyasi tashkil etildi. Kompaniyaning asosiy faoliyati “Biznesni rivojlantirish banki” IT-texnologiyalarini hamda IT-ekotizimini yaratishga qaratilgan.


Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар