Ammo bugun bu mamlakatlar eng yaqin hamkorlarga aylandi
O`zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoev prezidentlik davrida eng ko`p uchrashgan davlat rahbari bu — Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyib Erdog`an!
Birinchi bo`lib O`zbekiston mustaqilligini tan olgan davlat ham — Turkiya. Biroq keyingi o`tgan yillar mobaynida bu ikki qardosh mamlakat — O`zbekiston va Turkiya munosabatlari “yaxshi va yomon” kunlarni boshdan kechirdi.
Ikki mamlakat orasidagi aloqalar shunchalar yomonlashgandiki, Turkiya parlamenti O`zbekistonni "do`st bo`lmagan" 5 davlat qatoriga ham kiritgan edi. Ammo 2016 yildan boshlab esa O`zbekiston — Turkiya aloqalarida tub burilish sodir bo`ldi. Bu bevosita O`zbekistonning yangi rahbari Shavkat Mirziyoev nomi bilan bog`liq.
Aynan mana shu yangi davriy yillar davomida hamkorlik aloqalari, rasmiy tashriflar, davlat rahbarlari o`rtasidagi muloqotlar, boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda birinchi o`ringa va yuksak darajaga ko`tarildi.
Iliqlik munosabatlari Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyib Erdog`anning 2016 yil O`zbekistonga tashrifidan keyin boshlandi. Bu Erdog`anning so`nggi 13 yilda birinchi marta O`zbekistonga kelishi edi. (Bosh vazirlik vaqtida Erdog`an 2003 yilda O`zbekistonga kelgan.) 2016 yildagi tashrif do`stlik aloqalarini yo`lga qo`yishga katta turtki berdi. Buni ikki davlat Prezidentlari sahifalarida ham qayd etilgan.
Shundan so`ng, 2017 yil oktyabr oyida O`zbekiston Prezdenti Shavkat Mirziyoev davlat rahbari sifatidagi birinchi tashrif bilan Turkiyaga bordi. Davlatlar o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish, global hamda mintaqaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro muammolar yuzasidan fikrlar almashilgan.
2018 yil aprel oyida ikkinchi marta Turkiya Prezidenti Rejep Tayyib Erdog`an O`zbekistonga rasmiy davlat tashrifi bilan keldi. U Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoev bilan ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga ko`tarishga doir muloqot o`tkazgan.
2020 yil fevral oyida Shavkat Mirziyoev rafiqasi Ziroat Mirziyoeva bilan Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdog`anning taklifiga binoan Turkiyaga davlat tashrifi bilan tashrif buyurgan.
Prezident Shavkat Mirziyoev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etish uchun 2021 yil 11−12 noyabr kunlari Turkiyaga tashrif buyurdi. Davlat rahbari tashrifi dasturida faqat sammitda ishtirok etish emas, balki Istanbul shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazildi.
Ko`rib turganingizdek, 6 yil mobaynida 3 marta Prezident Shavkat Mirziyoev tashrifi, 2 marta Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`onning O`zbekistonga tashrifi uyushtirilgan. Bu aloqalar muhim iqtisodiy hamkorlikdan darak.
Rossiya muhimmi yoki Turkiya?..
Turkiya bilan bugungi tashrif bilan qo`shib hisoblaganda jami 6 marta davlat tashrifi amalga oshirilgan. Rossiyaga esa O`zbekiston rahbarining davlat tashrifi 3 marotaba tashkil etilgan, lekin Rossiya Federasiyasi Prezidenti Putin bu vaqt oralig`ida O`zbekistonga davlat tashrifi bilan kelmagan.
Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ilk rasmiy tashrifi Turkmanistonga bo`lgan edi.