Aliment to`lamagan fuqarolar endi OAVda e`lon qilinadi

10.03.2022 17:55

Alimentdan qarzdorlarga turmush qurish va vaqtincha mashina haydash taqiqlanishi ham mumkin.

Adliya vazirligi va Bosh prokuraturaga uch oy ichida aliment to`lovlarini undirish tizimini qayta isloh qilib chiqish topshirig`i qo`yilmoqda.

Prezident aliment bo`yicha qarzi borlarning mashina haydashi va turmush qurishi taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqishni ham topshirdi.

Qonun loyihasiga ko`ra, Adliya vazirligi va Bosh prokuratura uch oy ichida aliment to`lovlarini undirish tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan yangi qonun loyihasini ishlab chiqishi kerak.

Unda quyidagilar nazarda tutiladi:

- aliment bo`yicha qarzi borlar qarzni to`liq qoplamagunicha transport vositasini boshqarishi vaqtincha cheklanadi;

- qarzdorga lisenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega bo`lgan davlat xizmatlari vaqtincha ko`rsatilmaydi;

- aliment bo`yicha qarzdorlik mavjudligi nikoh tuzish uchun monelik qiladigan holat sifatida belgilanadi.

Shuningdek, Majburiy ijro byurosi huzurida “Aliment to`lovlari” davlat maqsadli jamg`armasi tashkil etilmoqda. Unga byuroning rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari hisobidan 50 milliard so`m ajratiladi.

Agar fuqarodan sud qarori bilan aliment uch oy ichida undirilmasa, jamg`arma qarzdorlikni bir yo`la to`lab beradi. Keyinchalik bu pullar qarzdordan sud qarorisiz majburiy tartibda undirib olinadi.

Ma`lumot o`rnida, aliment majburiyatlarini bajarishdan bo`yin tovlab kelayotgan va qidiruv e`lon qilingan shaxslar to`g`risidagi ma`lumotlar majburiy ijro organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi. Bundan tashqari, davlat ommaviy axborot vositalarida e`lon qilish amaliyoti ham joriy etiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
10.03.2022 23:27
Zo‘rku go‘shtini bozorlarda sotinglar xotinidan qolgan qoni bn