Komil Allamjonov 8 yildan buyon «Qariyalar uyi»da yashayotgan jurnalistga homiylik qiladigan bo`ldi

25.12.2020 07:51

«Mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi» Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov 8 yildan buyon qariyalar uyida yashab kelayotgan, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Rustam Obidovga yordam beradigan bo`ldi.

Kecha saytimizda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Rustam Obidov ilojsizlikdan «Qariyalar uyi»da yashab kelayotgani va moliyaviy qiyinchilik tufayli pansionat to`lovlaridan qiynalib qolgani haqida maqola e`lon qilingan edi. Unda jurnalist tarjima asarlari bilan qalam haqi ishlab kelgani, biroq joriy yilda u yashayotgan urush faxriylari va mehnatkashlari pansionatida karantin bo`lgani tufayli tashqariga chiqa olmay qolgani sabab to`lovlarni amalga oshirishga qiynalayotgani bayon etilgan edi.

Bugun Komil Allamjonov rost24.uzga jurnalist tushib qolgan vaziyatni eslatgani uchun minnatdorlik bildirib, bundan tashqari, bayram arafasida 100 ga yaqin faxriy jurnalistlarga ham yordam ajratilishini ma`lum qildi.

Hozirda jurnalist Rustam Obidov urush faxriylari va mehnatkashlari pansionatiga 18 million so`m miqdorida to`lov amalga oshirishi kerak. «Mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi» vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov mazkur to`lovni o`z zimmasiga oldi. 

Shuningdek, fond joriy yilda ham «Xavfsiz yordam» loyihasini davom ettirib, jurnalistika va telekommunikasiyaning 100 nafar vakillariga yordam ajratadi. Ro`yxatga jurnalistika sohasida uzoq yillar ishlagan faxriylar, turli oilaviy sharoit tufayli salomatligini tiklayotgan va ijtimoiy ko`makka muhtoj jurnalistlar kiritilgan. 

Ro`yxatni tuzishda jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlardagi jamoalari va tegishli tashkilotlar ko`maklashgan. Fond ularga jami 150 million so`mlik yordam ko`rsatadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
26.12.2020 18:43
Ассалому алайкум. Жуда яхши ва савобли иш бўлибди...
25.12.2020 15:51
Рахмат барака топинг Сизни хам Оллох ку́лласин
25.12.2020 15:35
Ассалом алайкум,хурматли рахбарлар! хеч кимга сир эмас бизни анчагина шоир ёзувчиларимизни уз Уй жойлари йук.Обидов хам демак шулар жумласидан,жудаям хохлардим билишни: ёзувчимиз нима сабабдан бу жойдан истикомат килинишини,оиласи каерда ва ёши нечада,нахотки ёзувчимиз ушбу жойда давлат хисобидан яшаш хукукига эмас,жавобингиз учун олдиндан Рахмат.