Ichki ishlar xodimi tomonidan olib ketilgan fuqaroning 4 soat o'tar-o'tmay jasadi keldi

15.02.2022 21:56

“Mirishkorda militsiya tomonidan olib ketilgan shaxsning o`ligi keldi”, deya ma`lumot  tarqatdi inson huquqlari faoli, “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov.  

2022 yilning 11 fevral kuni kechki paytda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Chandir” MFYda yashovchi 37 yashar Yusuf Sultonovning Mirishkor tumani IIBga olib ketilgani va oradan 4-5 soat o`tib uning jasadi olib kelingani aytilmoqda.

Hodisa guvohlariga ko`ra, ikki farzandning otasi bo`lgan Yusuf Sultonov 11 fevral kuni soat 17:00 larda mast holatda avval o`zi istiqomat qilgan xonadonda, so`ng qo`shni xonadonlarda janjal ko`targan. Qarindoshlarning Mirishkor tumani IIBga murojaati ortidan "Chandir" MFY ga biriktirilgan uchastka profilaktika noziri Sunnatillo Doniyorov tomonidan olib ketilgan.

Yusuf Sultonovning jasadi ertalab uyiga olib kelingan va marhum tuproqqa qo`yilgan.

Ko`plab chandirliklar nazdida marhumning sirli o`limi ichki ishlar organlari xodimlarining harakatiga shubha uyg`otmoqda, deydi tarqatilgan ma`lumotda. 

Hozircha biror bir huquqni muhofaza qiluvchi organlar bu haqida rasmiy ma`lumot bergani yo`q.  

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Surxondaryo viloyati, Denov tumanida fuqaro Hasan Xushmatov hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Taxiatosh tumanidan Baxtiyar Dauletmuratov IIB profilaktika inspektorlari tomonidan urib o`ldirilgani haqida rasmiy doiralar tomonidan ham turli munosabat va bayonotlar bildirilgan edi. Ushbu voqealarga nisbatan esa IIV matbuot xizmati Shohrux G`iyosovning munosabati ham e`lon qilingan edi.

Mazkur hodisa yuzasidan rasmiy izoh kutib qolamiz…

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
14
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
17.02.2022 03:23
Bu ketishda IIB xodimlariga umuman ishonch qolmaydi
16.02.2022 21:02
"худо урган" одамдир-да
16.02.2022 03:19
Aybdor bulsa jazosini olsin xudo kurib turibdi