Rost24.uz ko`targan mavzu echimini topdi: reklama banneri olib tashlandi

06.02.2022 11:38

Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi: Samarqanddagi o`zboshimchalik bilan o`rnatilgan reklama banneri olib tashlandi

3 fevral kuni saytimizda “Samarqandda ko`p qavatli uy portlab ketishiga bir bahya qoldi, mas`ullar esa hamon befarq” nomli video-material e`lon qilingan edi. Oradan 2 kun o`tmay, ushbu maqolaga Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko`ra, masala yuzasidan Uy-joy fondi inspeksiyasining hududiy xodimlari tezkor o`rganish olib borgan.

Ma`lum bo`lishicha, maqolada aytilgan Samarqand shahar, Qorasuv maskani 71-ko`p xonadonli uyning tom qismiga "Pure Milky" MChJ tomonidan uy mulkdorlari roziligini olmasdan, "Nur Sharq Tess" BSK bilan hech qanday shartnoma hujjatlari rasmiylashtirmagan holda reklama banneri o`rnatilgan.

Samarqand viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan "Pure Milky" MChJ direktoriga o`zboshimchalik bilan o`rnatilgan reklama bannerini 5 kunlik muddat ichida bartaraf qilish yuzasidan majburiy ko`rsatma berilgan.

Bundan ma`lum bo`ladiki, 10 dan ortiq tadbirkorlik sub`ektlariga ega bo`lgan tadbirkor Baxtiyor Ma`rupov egalik qiluvchi “Pure milky” zavodining Samarqand shahar hokimligidan ruxsatnomasi borligini qayta-qayta pesh qilgan, ammo uni talabimizga ko`ra ko`rsata olmagan xodimlari ROST so`zlashmagan, shu sababli ham maqolani saytdan o`chirtirishga harakat qilishgan.

Nima bo`lganida ham, maqola e`lon qilingach o`z vazifasini tezkorlik bilan bajargan Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligiga minnatdorchilik bildiramiz va rost xabarlarni yoritishda davom etamiz.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар