Bir-birini faoliyatini takrorlovchi vazirliklar juda ko`p. Ushbu vaziyatda ularni sonini qisqartirish eng yaxshi echim emasmi?
Hukumat vakillari bunga nima deydi?
Yangi O`zbekistonning 2022–2026 yillarga mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu strategiyada aynan bir-biriga vazifasi o`xshash, maqsadi yaqin bo`lgan vazirliklar sonini qisqartirish masalasi ham qo`yilganmi?
Rost24.uz jurnalisti aynan mana shu savolni mutasaddilarga berdi.
Umid Shodiev - Adliya vazirligi inson huquqlarini himoya qilish boshqarma boshlig`i o`rinbosari ushbu savolga quyidagicha javob berdi:
"Bu bo`yicha takliflar ishlab chiqilmoqda, vazirlik tomonidan. Ishchi guruh ishlamoqda. Haqiqatdan aytganizday bunday holatlar bor. Bir qancha vazirlik faoliyatida ham bu narsalar bor. Bu bo`yicha o`rganib chiqildi va tegishli joylarga taklif kiritilmoqda", deya so`zini yakunladi.
Umid Shodievni fikriga qaraganda, bu optimallashtirish amalga oshish ehtimoli yuqori. Ko`ramiz, kuzatamiz...
Eslatib o`tamiz, bundan oldin AOKAda Yangi O`zbekistonning 2022–2026 yillarga mo`ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasiga bag`ishlagan mazkur matbuot anjumanida Rost24.uz muxbiri mutasaddilarga hokimlarini saylash huquqi fuqarolarga beriladimi yoki yo`qmi, deb savol bergan edi.