Farg`onaning barcha tuman va shahar hokimlari Kislovodsk, Yalta kabi sihatgohlarda dam olishga ketdi

03.01.2022 10:27

Rost24.uz axborot  saytida “Barcha amaldorlar — vaziru hokimlargacha xorijga, dunyoning eng so`lim maskanlariga dam olish uchun ketmoqda YoXUD O`zbekistonni cho`lga aylantirgan amaldorlar xorijning bahavo maskanlarida dam olishadi” maqolasi e`lon qilingan edi.

Unda O`zbekiston hukumati amaldorlari ta`tilga chiqayotgani ma`lum qilingani, biroq soliq to`lovchilarga rahbarlarning qaerlarga ketayotgani, davlat hisobidan qancha harajat qilingani kabi ma`lumotlar ochiqlanmayotgani yozilgan edi. Shuningdek, OAVda hukumat vakillarining dam olishiga bog`liq aslida xalq bilishi kerak bo`lgan ma`lumotlarni ochiqlanishi kerakligini aytilgan edi. 

O`zbekiston Milliy axborot agentligi Farg`ona viloyatining barcha tuman va shahar hokimlari 2022 yil 1 yanvardan 15 yanvargacha ta`tilga chiqqanini ma`lum qildi.

Davlat rahbari tomonidan barcha mahalliy hokimlik hamda sektor rahbarlarining mehnat ta`tiliga chiqishi va davolanishini 2 bosqichda o`tkazish maqullandi, deyiladi xabarda.

Birinchi bosqichda ta`tilga chiqayotgan tuman va shahar hokimlarining vazifalari vaqtinchalik hokim o`rinbosarlari zimmasiga yuklatildi. 

Shuningdek, hokimlarga ularning o`rinbosarlarini 2022 yil 17 yanvardan sog`lig`ini tiklash maqsadida mehnat ta`tiliga chiqarishni ta`minlash topshirildi.

Shahar va tuman hokimlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Tibbiyot boshqarmasining 1 - son va 2 - son shifoxonalari, “Qibray”, Rossiyadagi O`zbekiston va Yalta sanatoriyalarida hamda Kasaba uyushmalari federasiyasining “Chinobod Plaza”, “Turon” va “Oqtosh” sanatoriyalarida sog`ligini tiklaydi. 

Faqatgina viloyatda Quvasoy shahar hokimi dam olishga chiqmadi. Chunki bu hokim yaqinda ish boshlagan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар