Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga yangi tayinlangan Sherzod Shermatov ijtimoy tarmoqlarning bloklanishi bo`yicha muxbirimiz savoliga javob berdi.
"Men kelganimdan buyon hali bironta ijtimoiy tarmoq bloklangani yo`q”, dedi Sherzod Shermatov.
Muxbirning bundan keyin bloklanmasligiga kafolat berolasizmi, degan savoliga esa "…ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi mening vakolatimga kirmaydi. AKT vazirligi topshiriq tushadigan bo`lsa biz uni bajaradigan vazirlikmiz. Shuning uchun “kafolat berasizmi?” degan savolingiz menga emas”, deya javob qaytardi.
Ammo tiktok, tvitter va qisqa muddatga telegramning bloklanishiga asos sifatida ko`rsatilayotgan “ShAXSGA DOIR MA`LUMOTLAR TO`G`RISIDA”gi Qonunning 34-moddasida vakolatli davlat organi boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o`rtasida tushuntirilishini ta`minlash yuklatilgan.
Eslatib o`tamiz, bundan oldin Investisiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ham o`z vakolatiga kiradigan muammolarni boshqa tizimlarga ag`dargan edi. “Vazir Sardor Umrzoqov aslida o`z vazifasi hisoblangan ishni boshqalarga ag`darmoqda”