Senatorlar endi o`ylab ish qilinishini ma`lum qildi

20.12.2021 15:07

Jurnalistlar savoliga katta matbuot anjumanida birorta senator aniq va lo`nda javob qaytarmadi.

17 dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikasiya agentligida Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi yakuni bo`yicha bo`lib o`tgan matbuot anjumanida senatorlar jurnalistlar tomonidan savolga tutildi.

Yangi O`zbekiston siyosati va ijtimoiy hayotida tub islohotlar boshlanganiga besh yildan oshdi. Senatorlar esa asl vazifasini qanday ekanini hali-hanuz anglab etmayotgan ko`rinadi. 30 milliondan ortiq xalq ma`suliyati bo`ynida turgan senatorlar "nazoratga olamiz", "tizimli ravishda o`rganib chiqamiz" degan doimiy javoblardan boshqasini aytisha olmayapti.

Ajablanarlisi, Senatorlar Toshkent shahar hokimi, senator J.Ortiqxo`jaevning o`zboshimchaliklarini “endilikda o`ylab ish qilinishi nazoratga olinishi”ni xotirjam jamoatchilikka ma`lum qilishdi.

Oliy Majlis senatorlari, xususan, Baxtiyor Sayfullaev esa senatorlarning endi xalqni o`ylab ish qilishini ma`lum qilmoqda. 

Jurnalistlarning Toshkentdagi "Qo`yliq" bozori masalasi, xalq mulki bo`lgan G`afur G`ulom istirohat bog`ining investorga berilishi oqibatlari bo`yicha berilgan savollarga biron bir senator aniq va lo`nda javob qila olmadi. Eng achinarlisi, alamlisi senator Baxtiyor Sayfullaev endilikda bu ish senatorlar tomonidan o`rganib chiqilib, Toshkent shahar hokimiyati ob`ektlarni investorlarga berishda o`ylab ish qilishi nazoratga olinishini bildirdi.

Demak, shu vaqtgacha o`ylab ish qilinmaganmi? O`ylamasdan qilingan ishlar haqini xalq to`laydimi?

Senatorlar Toshkent shahri hokimiyatining o`ylamasdan qilgan qarorini nega avvalroq muhokama qilmagan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
21.12.2021 11:37
Президентликка номзоди куйилган, демакки, давлатни бошкаришга лаекати бор, деб тушунилган опа носвой билан пиво масаласини катта муаммо деб кутаргандан кейин... бошкалардан яна нимани кутиш мумкин?! Эшакни шамол учирса, эчкини осмонда кур, деган макол булармиди....Бор экан такдирда....шундай депутатлау сенаторлар билан ишлаш ва яшаш.