Xalq ta`limi vazirligi yangi yil bayrami oldidan bayonot bilan chiqdi.
Bolalar xavfsizligi hamda turli pul yig`imlarining oldini olish maqsadida maktablarda yangi yil bayramini nishonlash bilan bog`liq ayrim cheklovlar joriy qilinmoqda
Respublika maxsus komissiyasining yig`ilish bayoni hamda Xalq ta`limi vazirligining tegishli buyrug`iga asosan joriy yilda umumta`lim maktablari o`quvchilari ishtirokida ta`lim muassasalari hududida yangi yil bayramini rejalashtirish va o`tkazish mumkin emas.
Shu munosabat bilan, vazirlik tomonidan umumta`lim maktablarida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog`liq quyidagi holatlar taqiqlanganligini ma`lum qilamiz:
- yuqori sinf o`quvchilari ishtirokida Yangi yil bayramini nishonlash bilan bog`liq har qanday tadbirlarni rejalashtirish va o`tkazish;
- bayram bilan bog`liq tadbirlarni o`tkazish maqsadida ota-onalardan turli xil noqonuniy pul yig`imlarini amalga oshirish;
- maktab foyesi va sinf xonalarini sun`iy archa va elektr chiroqlar bilan bezatish (o`quvchilar qo`l mehnati bilan yasalgan turli bezaklar bundan mustasno).
Istisno tariqasida boshlang`ich sinf o`quvchilariga sinf rahbari hamda ota-onalar ishtirokida karantin qoidalariga rioya etgan holda, o`z sinf xonalarida, dars mashg`ulotlariga xalaqit bermagan holda bayram tadbirlarini o`tkazish hamda maktab hovlisida yangi yil archasini bezatishga ruxsat beriladi.